» » Andijonda to‘y o‘tkazish bilan bog‘liq karantin talablarini buzish holatlari aniqlandi

Andijonda to‘y o‘tkazish bilan bog‘liq karantin talablarini buzish holatlari aniqlandi


Andijon IIB axborot xizmati tuman-shahar fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish idoralaridan olingan ro‘yxatlar asosida to‘y o‘tkazilishi belgilangan xonadon egalari bilan ogohlantirish profilaktik tadbirlari olib borilganini xabar qildi.

“Nikoh tuzish uchun ariza bergan 5 ming 601 nafar yoshlarning 4 ming 621 nafari va ularing ota-onalari bilan o‘tkazilishi belgilangan to‘y marosimlarida sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilish, to‘yda qatnashuvchilar sonini 30 kishidan oshirmaslik to‘g‘risida profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ogohlantirish xatlari olindi”, – deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabarda olib borilgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan fuqarolar tomonidan belgilangan cheklov qoidalarini buzish holatlari kuzatilayotgani qayd etilgan.

Xabarga ko‘ra 2020-yil 1-avgustdan 7-sentabrga qadar viloyatning Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Asaka, Jalaquduq, Shahrixon hamda Xo‘jaobod tumanlarida o‘tkazilgan jami 11 ta to‘y marosimlarida belgilangan karantin talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-modda 2-qismiga (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) asosan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rish uchun Andijon viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markaziga yuborilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 09:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют