» » Buxorolik erkak ikki xotiniga birdaniga 810 mln so‘mdan ortiq alimentni oldindan to‘lab berdi

Buxorolik erkak ikki xotiniga birdaniga 810 mln so‘mdan ortiq alimentni oldindan to‘lab berdi


Buxoroda bir yo‘la ikki rafiqasiga aliment to‘lash majburiyati yuklangan erkak mazkur to‘lovlarni muddatidan avval amalga oshirib, zimmasidagi majburiyatni to‘liq bajardi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar qilgan.

Majburiy ijro byurosining Buxoro shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 2020-yil 11-martdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor A.R.dan undiruvchi M.G. foydasiga uch nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun voyaga yetguniga qadar, qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa turdagi barcha daromadlarning 1/2 qismi miqdorida oy sayin aliment undirish majburiyati bor edi.

Shuningdek, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 2020-yil 27-martdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor A.R.dan undiruvchi M.Sh. foydasiga ikki nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun voyaga yetguniga qadar, qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa turdagi barcha daromadlarning 1/2 qismi miqdorida oy sayin aliment undirish haqida ijro ishi mavjud edi.

Ijro harakatlari davomida qarzdor A.R.ga O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonuni talablari tushuntirildi.

Farzandlarining moddiy ta’minoti va majburiyatini anglagan qarzdor ota A.R. oldindan undiruvchi M.G.ga uch nafar farzandi uchun 537 million 525 ming so‘m va undiruvchi M.Sh.ga ikki farzandi uchun 274 million 392 ming so‘m aliment pullarini biryo‘la oldindan to‘lab berdi.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor A.R.ga belgilangan barcha cheklovlar bekor qilinib, aliment bilan bog‘liq ijro hujjatlari amalda tamomlandi, deyiladi MIB axborotida.

Avval Qashqadaryoda 4 nafar farzandi uchun aliment to‘lovchi ota Damas’ini sobiq xotinining nomiga rasmiylashtirib bergani, Surxondaryoda ota farzandining 18 yoshigacha to‘lanadigan 84 mln so‘m alimentni oldindan to‘lagani, Nukusda karantin sabab aliment to‘lay olmay qolgan fuqaro ikki uyidan birini farzandining nomiga o‘tkazib bergani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют