» » Angliyada futbolchilar talqiniga ko‘ra 2020-yilning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Angliyada futbolchilar talqiniga ko‘ra 2020-yilning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi


Angliya professional futbolchilari assotsiatsiyasi (PFA) 2020-yilning eng yaxshi o‘yinchisini aniqladi.

Unga ko‘ra, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Angliyada yil o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rildi.

Belgiyalik futbolchi so‘rovnomada “Liverpul” futbolchilari Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Jordan Henderson va Sadio Mane, shuningdek, jamoadoshi Rahim Sterlingni ortda qoldirdi.

Avvalroq de Bryuyne APL talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi. Jurnalistlar talqiniga ko‘ra bu sovrin Jordan Hendersonga topshirilgan. Mane esa muxlislar so‘rovnomasiga ko‘ra eng yaxshi sifatida e’tirof etilgan.

Ma’lumot uchun, de Bryuyne Premyer Liganing 2019/20-yilgi mavsumida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va 20 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют