» » APL futbolchilari 2019/20-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisini aniqladi

APL futbolchilari 2019/20-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisini aniqladi


“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) talqiniga ko‘ra, Angliya Premyer Ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ta’kidlanishicha, so‘rovnomada 2019/20-yilgi mavsumda Premyer Ligada to‘p surgan 515 nafar o‘yinchi va 24 futbol mutaxassisi ovoz bergan.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni Kevin de Bryuyne egalladi. 29 yoshli belgiyalik futboli umumiy ovozlarning 45 foiziga ega chiqqan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan esa “Liverpul” yarim himoyachisi Jordan Henderson (27%) va hujumchi Sadio Mane (11%) joy olgan.

Avvalroq Jordan Henderson jurnalistlar talqiniga ko‘ra  (FWA), 2019/20-yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.

Ma’lumot uchun, mazkur mukofot (PFA) 1973/74-yilgi mavsumdan boshlab har yili topshirib boriladi. O‘tgan yili ushbu sovrinni “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk qo‘lga kiritgandi.

Ma’lumot uchun, de Bryuyne Premyer Liganing 2019/20-yilgi mavsumida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va 20 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют