» » Neyrochipni o‘rnatishga mo‘ljallangan jarroh-robot taqdim etildi

Neyrochipni o‘rnatishga mo‘ljallangan jarroh-robot taqdim etildi


Neuralink muhandislari Woke Studios dizaynerlik kompaniyasi bilan hamkorlikda neyrochipni o‘rnatishga mo‘ljallangan jarroh-robotni taqdim etdi. Qurilma futuristik ko‘rinishga ega. Robot miya va tomirlarga zarar yetkazmagan holda chipni o‘rnata oladi, deb xabar beradi Business Insider.

Robot oq rangda yaratilgan bo‘lib, uning harakatlanuvchi qismlargina qora rangda ishlangan. Apparat beshta o‘q bo‘ylab harakatlana oladi. Unga kamera va datchiklar o‘rnatilgan.

Jarroh-robotning balandligi, taxminan, ikki metrni tashkil etadi. Uning asosida ultrakuchli kompyuter joylashgan bo‘lib, qurilmani boshqaradi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 28-avgust kuni ixtirochi-milliarder Ilon Mask miyasiga chip o‘rnatilgan cho‘chqani namoyish etgandi. Ta’kidlanishicha, Maskning Neuralink kompaniyasi tomonidan yaratilgan chip nevrologik kasalliklarni davolash imkonini beradi.

Ilon Mask regulyatorlardan 2020-yilda implantni inson miyasiga o‘rnatish bo‘yicha ruxsat olish niyatida.

Mavzuga doir: Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi inson miyasini kompyuterga ilk bor qachon ulashi ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют