» » CNBC jurnalisti odamsimon robotni sinab ko‘rdi (video)

CNBC jurnalisti odamsimon robotni sinab ko‘rdi (video)


Janubiy Koreyaning Hankook Mirae Technology kompaniyasi 2016-yilda Method-2 nomli vazni 1,6 tonnani, balandligi esa qariyb to‘rt metrni tashkil qiladigan robotni taqdim etgan. Robotning yaratuvchisi Yan Chin Xoning hisoblashicha, undan kelajakda halokat va yong‘inlarda qutqaruvchi sifatida foydalanish mumkin. Biroq uni harbiy operatsiyalarda ham qo‘llash mumkin. Uning narxi 100 million dollarga baholanmoqda, biroq u hozircha sotilmaydi, deb yozmoqda TJournal.

3-mart kuni CNBC telekanalining jurnalisti Endryu Ross Sorkin robotni sinab ko‘rdi. Uning hikoya qilishicha, robot mustahkam tura olmaydi va maxsus arqonlar bilan shiftga mahkamlangan. Ayni paytda mashina tashqi quvvat manbai yordamida harakatga keladi, kelajakda esa quvvat manbai batareyalar bilan almashtiriladi.

Robotga chiqish uchun maxsus narvon bo‘ylab ko‘tarilish kerak, uning oyoqlarini muhandis boshqaradi. Robotni boshqaruvchi esa faqat uning qo‘llarini nazorat qilishi mumkin. CNBC tomonidan taqdim etilgan videoda robot oldinga va orqaga bir nechta qadam tashlay oladi. Kompaniyaning o‘zi tomonidan avval taqdim etilgan videoda esa robot o‘zining atrofida aylana olar edi.

Jurnalistning fikricha, robot amaliy jihatdan qo‘llanila olmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, robotlar uchun odamlar tomonidan kamroq boshqariladigan mashina kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют