» » Google Oyga robotni qo‘ndiradigan olimlar guruhiga 30 mln dollar va’da qildi

Google Oyga robotni qo‘ndiradigan olimlar guruhiga 30 mln dollar va’da qildi


Google Xprize kompaniyasi bilan hamkorlikda Oy tadqiqotchilari uchun yangi mukofotlarni e’lon qildi. Bu haqda “Nauka” xabar bermoqda.

Jumladan, uchuvchi obyekti Yer yo‘ldoshi orbitasi bo‘ylab parvoz qiladigan yoki Oyga qo‘nadigan jamoa 1,75 million dollar bilan taqdirlanadi.

Qurilmasi Oy yuzasiga shikastlanishsiz qo‘ngani haqida ma’lumotni uzatadigan guruh yirikroq — 3 million dollar miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritadi. Ikki vazifa ham 2018-yil 31-martga qadar amalga oshirilishi lozim.

Bosh mukofot — 30 million dollar Oyga robotni qo‘ndiradigan olimlar guruhiga beriladi. Tanlov shartlariga ko‘ra, robot Oy hududining 500 metrini tekshirishi va Yerga yuqori sifatli surat hamda videoni uzatishi lozim.

Yagona sharti loyihaning davlat tomonidan moliyalashtirilmasligi bo‘lgan mazkur tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin. Biroq katta mablag‘ni talab etuvchi ushbu bellashuvda qatnashish haqida hozircha atigi 5 jamoa — SpaceIL, Moon Express, Synergy Moon, TeamIndus va HAKUTO ma’lum qildi, xolos.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-08-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют