» » Bloomberg dunyoning ko‘p haq to‘lanadigan top-menejerlari reytingini e’lon qildi

Bloomberg dunyoning ko‘p haq to‘lanadigan top-menejerlari reytingini e’lon qildi


2016-yilning eng ko‘p haq to‘lanadigan top-menejerlari reytingini Walmart prezidenti va Jet.com asoschisi Mark Lor boshqardi. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib, “Kazinform” xabar bermoqda. 

O‘tgan yili u 236 million dollar ishlab topdi, bundan 235 millioni Jet.com Walmart reteyleriga sotilgani tufayli qo‘lga kiritilgan. 

Reytingning ikkinchi qatorida 150 million dollar bilan Apple bosh direktori Tim Kuk qayd etildi. Uchinchi o‘rinni Goldman Sachs sobiq vitse-prezidenti, Evercore Partners konsalting kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Jon Vaynberg egalladi (124 million dollar). 

To‘rtinchi o‘rinda Alphabet bosh direktori Sundar Pichaini ko‘rish mumkin. U o‘tgan yili 106,5 million dollar ishlab topdi, bundan 105,4 millioni aksiyalardan olingan daromad hisoblanadi. Eng badavlat top-menejerlar beshligini 99,7 million dollar bilan Tesla bosh direktori Ilon Mask yakunlab berdi.

O‘tgan yili eng ko‘p daromad olgan rahbarlar o‘nligiga IBM bosh direktori Jinni Rometti (96,7 million dollar), Caesars Acquisition rahbari Mitch Garber (91,1 million dollar), Viacom sobiq bosh direktori Filipp Dauman (87,8 million dollar), CBS Corporation ijrochi direktori Lesli Munvs (83,6 million dollar) va Gamco Investors yetakchisi Mario Gabelli (75,9 million dollar) ham kirdi. 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-05-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют