» » Video: Volkswagen ID.3 elektrokarini sinovdan o‘tkazayotgan Ilon Mask

Video: Volkswagen ID.3 elektrokarini sinovdan o‘tkazayotgan Ilon Mask


Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask Braunshveyg aeroportiga kelib, Volkswagen AG direktori Gerbert Diss bilan uchrashdi va ID.3 elektrokarini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar beradi Motor.

Maskning ID.3 xetchbekini haydayotgani tasvirlangan videorolik Diss tomonidan o‘zining LinkedIn’dagi sahifasida e’lon qilingan. Video avvalida u amerikalik mehmonini ID.3 — bu ommaviy ishlab chiqariladigan avtomobil va undan Tesla sportkarlari darajasini kutmaslik haqida ogohlantirgan. Bunga javoban Mask xetchbek “oddiy avtomobil uchun yaxshi tezlanish dinamikasini” namoyish etganini ta’kidlagan.

Suhbat davomida Tesla rahbari Dissdan xetchbek yo‘lda o‘zini saqlash tizimi bilan jihozlangan yoki yo‘qligi, shuningdek, akkumulyator sig‘imi bilan qiziqqan. Dissning so‘zlariga ko‘ra, ID.3 tizimi “nemis avtomobilsozligi uchun oddiy san’at namunasi” hisoblanadi, shuningdek, nominal batareya sig‘imi 55 dan 83 kilovatt-soatgacha yetadi.

Video ostiga Maskning ushbu tashrifi Tesla va Volkswagen hamkorligiga sabab bo‘lishi va hatto birgalikda yangi model yaratilishi mumkinligi haqida izohlar qoldirilgan. Bunga javoban Diss Tesla bilan hech qanday bitimlar rejalashtirilmayotganini aytgan. “Biz, shunchaki, ID.3’da sayr qildik va gurunglashdik”, — deydi u.

Maskning Germaniyaga borishidan asosiy maqsadi — Berlin yaqinida Tesla-Gigafactory 4 zavodidagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirish bo‘lgan. Mazkur zavod 2021-yildan boshlab akkumulyator batareyalarini, elektromotorlarni, shuningdek, Tesla Model 3 va Tesla Model Y’ni ishlab chiqarishni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, may oxirlarida Jay Leno’S Garage shousining yangi qismida boshlovchi Jey Leno Ilon Mask bilan uchrashib, Tesla Cybertruck elektropikapida sayr qilgandi. Ular birgalikda Los-Anjelesda qurilgan yerosti tunneli bo‘ylab harakatlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 12:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют