» » Boeing 787 Dreamliner’larini ishlab chiqarishda yangi nuqson aniqlandi

Boeing 787 Dreamliner’larini ishlab chiqarishda yangi nuqson aniqlandi


Boeing kompaniyasi 787 Dreamliner samolyotlarini ishlab chiqarishdagi nuqsonlarni aniqladi, deb xabar beradi CNN.

Nuqson laynerning gorizontal dum barqarorlashtirgichida aniqlangan. Shu sababli hozirda ekspluatatsiyada bo‘lgan sakkizta avialayner parvozi to‘xtatib qo‘yilgan. Bundan tashqari, aniqlangan nuqson aviakompaniyaning yangi samolyotlarni yetkazib berish jarayonlarini sekinlashtiradi.

The Wall Street Journal’ning yozishicha, bu so‘nggi oylarda Dreamliner’larda aniqlangan uchinchi nuqson hisoblanadi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda AQSh Federal fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi o‘rganayotgan oldingi nuqsonlarning xavf darajasi sabab ishlab chiqarish boshlanganidan buyon bozorga yetkazib berilgan mingta Dreamliner’dan 900 tasi tekshiruvdan o‘tishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” (Uzbekistan Airways) Vashingtonda AQShning Boeing kompaniyasi o‘rtasida bitim imzolangan. Unga ko‘ra 2019-yilda ikkita, 2020-yilda yana bitta Dreamliner O‘zbekistonga olib kelinish belgilangan. Xususan, 2019-yilning iyulida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yangi Boeing 787-8 Dreamliner’i kelib qo‘ngan — bu hisob bo‘yicha beshinchi Dreamliner hisoblanadi.

2018-yil may oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Vashingtondan qaytib, Toshkent xalqaro aeroportida yangi Boeing-787 samolyotini ko‘zdan kechirgan edi. Dekabr oyida esa internetda O‘zbekiston tomonidan xarid qilingan yangi Dreamliner’ning buzilgani haqida xabarlar tarqalgan, Uzbekistan Airways esa buni rad etgandi.

2019-yilda esa “O‘zbekiston havo yo‘llari” Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini sotuvga qo‘yganligi haqida xabarlar tarqalgan, biroq kompaniya ushbu xabarlarni ham rad etgan. O‘shanda Uzbekistan Airways mamlakatda ekspluatatsiyada bo‘lgan Boeing 787 samolyotlarining narxi 115 million AQSh dollaridan boshlanishini qayd etib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Uzbekistan Airways 2018-yilda 239 million dollarga Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini sotib olgan, 2020-yil aviakompaniya aviaparkida bunday turdagi oltita samolyot bo‘lishi rejalashtirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют