» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini jihozlash uchun GEnx-1B dvigatellarini xarid qiladi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini jihozlash uchun GEnx-1B dvigatellarini xarid qiladi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” va GE Aviation Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan AQSh—O‘zbekiston biznes-forumi doirasida hamorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, milliy aviakompaniya 4 ta yangi Boeing 787 Dreamliner samolyotini jihozlash uchun GEnx-1B dvigatellarini xarid qiladi. Umumiy qiymati 230 million dollarga baholangan dvigatellar 2018-yilda yetkazib berilishi mo‘ljallangan.

GE Aviation aviakompaniya ixtiyoridagi GEnx dvigatellari bilan jihozlangan Boeing 787 Dreamliner samolyotlariga TRUEngine maqomini berdi. Mazkur maqom uning egalariga dvigatel konfiguratsiyasining ishlab chiqaruvchi talablariga muvofiqligini kafolatlaydi.

Tomonlar Boeing 787 Dreamliner samolyotlariga o‘rnatilgan GEnx-1B dvigatellariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqida kelishib oldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-09-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют