Londonda uyqu uchun sportzal ochildi
Londondagi mashhur fitnes-klubda noodatiy mashg‘ulotlar o‘tkazila boshlandi. Ularga ko‘ra, tashrifchilar 45 daqiqa davomida uxlashi mumkin, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Kurs Napercise (nap — uxlash va excercise — mashq so‘zlaridan) deb ataladi. Ushbu kursga tashrif buyurganlarga shtanga va velotrenajyorlar o‘rniga bir o‘rinli to‘shak, yostiq-ko‘rpa va ko‘z uchun niqob taqdim etiladi.
Mashg‘ulotlar mushaklarni bo‘shatish mashqlaridan boshlanadi va ular bilan tugaydi. Bu go‘yoki uyqu uchun ideal harorat yaratadi.
A gym in London has started a new concept called 'Napercise,' a 60-minute sleep class to relax the body and mind. https://t.co/PsEzbiieIC pic.twitter.com/3gFbELVPi5
— World Health News (@WorldHealthNews) April 29, 2017
Agar ushbu tashabbus muvaffaqiyatli yakunlansa, mashg‘ulotlarni butun Buyuk Britaniyada o‘tkazish rejalashtirilmoqda.