» » Isroilda uchar avtomobil prototipi yaratildi

Isroilda uchar avtomobil prototipi yaratildi


Isroilning Urban Aeronautics kompaniyasi uchar avtomobilning taqdimotini o‘tkazdi, deb yozadi The Jerusalem Post.

Mashina o‘z korpusidagi ikkita kompressor yordamida yerdan tepaga ko‘tarilishga qodir.

Avtomobilning parvozini vodorod yoqilg‘i elementlari ta’minlaydi. Ixtirochilarning ta’kidlashicha, vodorod oddiy batareyalardan ko‘ra 60 barobar, reaktiv yoqilg‘idan esa — uch barobar ko‘proq energiya ajratish sig‘imiga ega.

Kompaniya bosh direktori Rafi Yoelining so‘zlariga ko‘ra, Urban Aeronautics tez orada yangi modelni bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda. Undan nafaqat harbiylar, balki oddiy buyurtmachilar ham foydalanishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, hozirda uchar avtomobilning ikkita modeli yaratilmoqda: City Hawk va the Falcon XP. Ixtirochilarning qayd etishicha, vodorod dvigatel havo bug‘ini chiqargani sabab atrof-muhitga zarar yetkazmaydi.

Hozircha uchar avtomobilning narxi va qachon taqdim etilishi noma’lum. Kompaniyadagilarning ma’lum qilishicha, ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilguniga qadar ilk modellar narxi biroz qimmatroq bo‘ladi.

Avvalroq Yaponiyadagi SkyDrive startapiga tegishli uchar avtomobil muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Video: 50 yildan keyin paydo bo‘ladigan haydovchisiz boshqariluvchi uchar avtomobil



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют