» » 17 yoshli Eduardo Kamavinga Fransiya terma jamoasi tarixiga kirdi

17 yoshli Eduardo Kamavinga Fransiya terma jamoasi tarixiga kirdi


“Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Fransiya terma jamoasining so‘nggi 106-yil ichidagi eng yosh futbolchisiga aylandi, deya xabar bermoqda Opta.

UEFA Millatlar Ligasi musobaqasi doirasida o‘tkazilgan Xorvatiyaga (4:2) qarshi bahsda terma jamoadagi ilk o‘yinini o‘tkazgan Kamavinga 17 yosh-u 10 oylik edi. Shu tariqa u terma jamoaning 106 yil ichidagi eng yosh debyutantiga aylandi.

Kamavinga Fransiya terma jamoasining eng yosh debyutantlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Undan oldinda faqat ikki futbolchi bor. Bular: 1906-yilda, 16 yosh-u 10 oyligida debyut qilgan Jyulyen Verbruje va 1914-yilda ilk o‘yinini o‘tkazgan Moris Gastige (17 yosh-u 4 oylik).

Kamavinga Fransiya chempionatining 2020/21-yilgi mavsumida ikki uchrashuvda maydonga tushib, bittadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют