» » O‘zbekistonda 2020-yilgi paxta terimiga budjet tashkilotlari xodimlari, o‘quvchi va talabalar jalb etilmasligiga hokimliklar shaxsan mas’ul bo‘ladi

O‘zbekistonda 2020-yilgi paxta terimiga budjet tashkilotlari xodimlari, o‘quvchi va talabalar jalb etilmasligiga hokimliklar shaxsan mas’ul bo‘ladi


Vazirlar Mahkamasining “2020-yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Unga ko‘ra, qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun birinchi terimda 1 000 so‘mdan, ikkinchi terimda 1 400 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.

Paxta terish mashinalari bilan terib olingan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 920 000 so‘mdan kam bo‘lmagan xizmat haqi to‘lash, paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalariga yuqorida tavsiya etilayotgan narxlardan kam bo‘lmagan holda mustaqil narx belgilash huquqi berildi.

Paxta xomashyosi uchun mehnat va xizmat haqi har besh kunda, zarurat bo‘lganda, har kuni to‘lash tavsiya etildi.

Ishsiz hamda vaqtinchalik band bo‘lmagan aholidan iborat terim otryadlari rahbarlari bilan mavsumiy ishga qabul qilish bo‘yicha fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuziladi hamda terim otryadlari rahbarlariga paxta xomashyosi yig‘im-terimi yakuniga qadar 2 million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lanadi. Shuningdek, ushbu xarajatlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalariga paxta xomashyosini terib olish uchun yillik 16 foiz stavkada (shundan 1 foiz bank marjasi) kredit ajratish maqsadida uch oy muddatda qaytarish sharti bilan “Agrobank” ATB depozitiga 1,3 trillion so‘mgacha mablag‘lar joylashtiriladi.

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida paxta yig‘im-terim mavsumida jalb qilinadigan paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish xizmat bahosining 30 foizi Moliya vazirligi tomonidan qoplab beriladi.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalar hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan xorijdan olib kelinadigan yuqori unumli paxta terish texnikalari, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari, istisno tariqasida, 2021-yil 1-sentabrgacha bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi va “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini 270 kungacha bo‘lgan muddatga kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi;

Quyidagi tumanlarda qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun tavsiya etilgan tarif stavkasiga davlat byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 200 so‘mdan ustama haq to‘lanadi:

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari ta’lim, sog‘liqni saqlash tashkilotlari va boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini hamda ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalarini paxta xomashyosi yig‘im- terimiga jalb qilish holatlarining oldini olish va bunga chek qo‘yish yuzasidan shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют