» » Qo‘lda terilgan paxtaning 1 kilogrammi uchun 1-oktabrdan boshlab 500 so‘m to‘lanadi

Qo‘lda terilgan paxtaning 1 kilogrammi uchun 1-oktabrdan boshlab 500 so‘m to‘lanadi


O‘zbekiston hukumatining “2017-yil hosili paxta xomashyosining xarid narxlari to‘g‘risida”gi qarori bilan qo‘lda terilgan paxta xom ashyosining 1 kilogrammi uchun 450 so‘mdan belgilangan xarid narxi 2017-yil 1-oktabrdan boshlab — 500 so‘mni tashkil etadi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Shuningdek, hujjatga muvofiq, mashinada terilgan paxta xom ashyosining 1 tonnasi uchun 260 000 so‘mdan to‘lanadi.

Paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga amalda topshirilgan paxta xom ashyosi uchun terimchilarga terim pullarini ushbu qarorda belgilangan tarif stavkalaridan kelib chiqqan holda har besh kunda, zarurat bo‘lganda esa — har kuni to‘lash tavsiya etildi.

Qarorga muvofiq, paxta yig‘im-terimini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun joylarda kamida 100 nafar terimchidan iborat bo‘lgan terimchilar otryadlari tashkil etiladi.

“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati paxta yig‘im-terimi mavsumida tashkil etiladigan terimchilar otryadlari rahbarlarini paxta tozalash korxonalari bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida ishga qabul qiladi.

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga — “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tashkilotlariga terimchilar otryadlari rahbarlariga o‘z vaqtida ish haqi to‘lash uchun 45 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratish tavsiya etildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют