» » Sirdaryo va Jizzaxda har kilogramm paxta uchun qo‘shimcha 100 so‘mdan pul to‘lanmoqda

Sirdaryo va Jizzaxda har kilogramm paxta uchun qo‘shimcha 100 so‘mdan pul to‘lanmoqda


Vazirlar Mahkamasining 14-sentabrdagi qaroriga ko‘ra, 1-oktabrdan boshlab qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun 500 so‘m, mashinada terilgan 1 tonna xomashyo uchun 260 ming so‘m haq to‘lanmoqda.

O‘zAning qayd etishicha, paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga terimchilarga mehnat haqini har besh kunda, zarurat bo‘lganda esa har kuni to‘lash tavsiya etildi.

“Har kilogramm paxta uchun belgilangan narxning o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga oshirilgani terimga uyushmagan yoshlar va aholini ixtiyoriy ravishda jalb qilishga xizmat qilmoqda”, — deb yozadi agentlik.

Shuningdek, mehnat resurslari yetishmaydigan hududlar — Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida har bir kilogramm paxta uchun qo‘shimcha ravishda 100 so‘mdan to‘lash tajribasi qo‘llanmoqda.

Mavzuga doir: “Agrobank” paxta terimchilariga o‘z vaqtida ish haqi to‘lanishi uchun 45 mlrd so‘m miqdorida kredit ajratdi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-10-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют