» » 9 metrli quduqdan qutqarilgan qoplonchaning onasi yoniga ta’sirli tarzda qaytishi tasvirga olindi (video)

9 metrli quduqdan qutqarilgan qoplonchaning onasi yoniga ta’sirli tarzda qaytishi tasvirga olindi (video)


Hindistonning Maxarashtra shatatidagi Pargaon qishlog‘i aholisi 9 metr chuqurlikdagi quduqqa tushib ketgan qoplon bolasini qutqardi va uni onasiga ta’sirli qaytishini tasvirga oldi, deb yozadi Daily Mail.

Mahalliy ishchilar qoplonning suvga tushib ketganini payqab, qutqaruv guruhini chaqirdi. Uch oylik qoplon bolasini olib chiqish maqsadida quduq tubiga metall qafas tushirildi. 20 daqiqadan so‘ng qoplon o‘z-o‘zidan qafas ichiga kirdi.

“Biz uni quduqdan chiqarib oldik, ammo bu qutqaruv ishlarining boshlanishi edi”, ? deydi hayvonlarni qutqarish tashkiloti boshqaruvchisi Nex Panchamiya. – Onasiz bolani nima ham kutishi mumkin? Uni yovvoyi tabiatda onaning qarovisiz qoldira olmasdik, chunki u hali juda kichkina”. 24 soat ichida qutqaruvchilar tomonidan uning onasini topilib, bolasi xavfsiz holda onasiga topshirildi.

Buning uchun kichkina qoplon qafasda qoldirilib, o‘rnatilgan kamera orqali uning oldiga kelgan onasi kuzatildi. “Ona qoplon kelgan zahoti qafasni arqon yordamida ochdik va go‘dak onasi tomonga otilib chiqdi. Ularning uchrashuvini ko‘rib xursand bo‘ldik”, ? deydi Panchamiya. – “Umid qilamanki, videoni tomosha qilish sizda ham shunday hissiyotlarni uyg‘otadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют