» » Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanish holatlari ortgani sabab oltitadan ortiq kishining guruh bo‘lib to‘planishi taqiqlandi

Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanish holatlari ortgani sabab oltitadan ortiq kishining guruh bo‘lib to‘planishi taqiqlandi


Buyuk Britaniya hukumati koronavirus bilan kasallanish holatlari ortgani sabab olti kishidan ortiq insonlarning guruh bo‘lib to‘planishini taqiqlab qo‘ydi. Bu bino ichida, jumladan, shaxsiy uy va ochiq havo sharoitiga ham taalluqli. Taqiq 14-sentabrdan kuchga kiradi, deb xabar beradi BBC.

Mazkur taqiqni buzganlar 100 funt sterlingdan 3,2 ming funtga qadar jarimaga tortiladi.

Yangi qoida koronavirus tarqalishining zaruriy barcha choralari ko‘rilgan maktablar, ish joylari, shuningdek, to‘ylar, dafn marosimlari va sport tadbirlariga taalluqli emas. Shuningdek, taqiq uchrashuvlar, birga istiqomat qiluvchilar yoki bir oila a’zolariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Ushbu yangi qoida kuchga kirguniga qadar mamlakatda olti kishidan ortiq insonning bir joyda to‘planishi taqiqlangan edi, biroq politsiya ushbu holatga faqat 30 dan ortiq odam yig‘ilsa aralasha olgan.

Buyuk Britaniyada sentabr boshidan COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi. 8-sentabr kuni mamlakatda yana 2461 kishida koronavirus aniqlangan. Avgust oyida kunlik eng yuqori ko‘rsatkich 1522 kishini tashkil etgandi.

Pandemiya boshlanganidan buyon Buyuk Britaniyada 353 ming odam koronavirus bilan kasallandi, 41,5 mingdan ortiq odam COVID-19 qurboniga aylandi.

Mavzuga doir: Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi kurashish doirasida shirin va yog‘li ovqatlar reklamasi taqiqlandi

Avvalroq Buyuk Britaniya Pfizer Inc, BioNTech hamda Fransiyaning Valneva kompaniyalari bilan hozirda sinov jarayonida bo‘lgan koronavirusga qarshi vaksinalarni 90 million dozada sotib olish bo‘ycha shartnoma imzolagani to‘g‘risida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют