» » Ozarbayjonda alohida karantin rejimi 30-sentabrga qadar uzaytirildi

Ozarbayjonda alohida karantin rejimi 30-sentabrga qadar uzaytirildi


Ozarbayjon hukumatining mamlakat hududida alohida karantin rejimini 30-sentabrga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi qarori kuchga kirdi. Bu vaqt oralig‘ida mamlakat chegaralari yopiqligicha qoladi, deb xabar beradi “TASS”.

Mamlakatda epidemiologik vaziyat yaxshilanganiga qaramay, 29-avgust kuni hukumat “muvaffaqiyatlarni mustahkamlash”ni zarur deb topgan.

Ozarbayjonda epidemiya o‘z cho‘qqisiga yoz boshlaridan chiqqan edi. Koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik eng yuqori ko‘rsatkich 590 kishini tashkil etgan — 24-iyunda qayd etilgan. Iyun oxirlariga kelib, uch hafta davomida har kuni 500 dan ortiq yangi kasallanish holatlari aniqlangan. 16-iyuldan boshlab mamlakatda kasallikka chalinish holatlari kamaya boshlagan, avgust o‘rtalarida kelib esa kunlik ko‘rsatkich 200 kishini tashkil etgan.

Hukumat mamlakatda kuzatilayotgan ijobiy dinamikani hisobga olgan va 31-avgustda boshlab qattiq karantin rejimi amalda bo‘lgan hududlarni kamaytirgan. Hozirda ular orasida Boku va Sumqayit shaharlari, shuningdek, poytaxtga yaqin Absheron tumani qolmoqda — bu yerda eng ko‘p kasallanish holatlari qayd etilgan. Qattiq karantin rejimi hududlarida dam olish kunlari barcha turdagi jamoat transportlari to‘xtatiladi. Yirik savdo markazlari, teatr va kinoteatrlar yopiqligicha qolmoqda, restoran va kafelarga esa faqat ochiq terrasalar orqali tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Mamlakatda oldingidek ommaviy tadbirlar, jumladan, to‘y va dafn marosimlarini o‘tkazish taqiqlangan, besh kishidan ortiq insonning bir joyda to‘planishiga ruxsat berilmaydi. Mamlakat prezidenti maslahatchisi Hikmat Hajiyevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat chegaralari yopiqligicha qoladi, faqat xalqaro yuk tashish va eksport reyslariga istisno mavjud.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ozarbayjonda pandemiya boshlanganidan buyon 36 309 kishida koronavirus aniqlangan, ularning 33 703 nafari sog‘aygan, 531 bemor COVID-19 qurboniga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, 21-iyundan Ozarbayjonning sakkizta yirik shahrida, jumladan, Bokuda ham ikki haftalik qattiq karantin boshlangan edi.

Mavzuga doir: Ozarbayjondagi kiyim do‘konlarida kiyinish xonalaridan foydalanish taqiqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют