» » Germaniyada ikkitadan ortiq odam to‘planishi taqiqlandi

Germaniyada ikkitadan ortiq odam to‘planishi taqiqlandi


Germaniya hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi kurash choralarini keskinlashtirdi, deb xabar bermoqda Meduza. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel 22-mart, yakshanba kuni, ma’lum qilgan.

Xususan, fuqarolarga ikkitadan ortiq kishidan iborat guruh bo‘lib to‘planish taqiqlandi. Faqat bir oila a’zolari va umumiy uy xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchilar bundan mustasno.

Hukumat shaxsiy aloqalarni kamaytirishni va jamoat joylarida bir-biridan masofa saqlashni tavsiya qilmoqda. Ushbu taqiq yaqin 2 hafta davomida amalda bo‘ladi, uning ijrosini ta’minlashni politsiya nazorat qiladi.

Shuningdek, restoranlar va sartaroshxonalarni ham vaqtincha yopishga qaror qilingan.

Germaniya COVID-19 pandemiyasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan 5 ta mamlakatdan biridir. Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusdan qariyb 24 ming kishi kasallangan, 92 nafari vafot etgan.

22-mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 307 mingdan oshib ketgan. O‘zbekistonda esa virusni yuqtirib olganlar soni 46 kishiga yetdi.

Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel o‘zini emlagan shifokorda koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan so‘ng uy karantinida qolishga qaror qilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Germaniyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat anomal: bemorlar ko‘p, o‘lim kam



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют