» » Toshkentda “Shaffof qurilish” ishga tushdi. Tizim 2021-yildan butun O‘zbekistonni qamrab oladi

Toshkentda “Shaffof qurilish” ishga tushdi. Tizim 2021-yildan butun O‘zbekistonni qamrab oladi


O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil sentabrdagi qaroriga muvofiq, Qurilish vazirligi faoliyatiga “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi joriy etilishi belgilangan edi. Qurilish vazirligi mutaxassislarining ma’lum qilishicha, 2020-yil 1-avgustdan boshlab ushbu tizim Toshkent shahri va Toshkent viloyatida to‘liq ishga tushirildi. “Daryo” muxbiri Bekjon Jo‘raqulov Sergeli tumanida qurilayotgan inshootlar misolida tizimning qanday ishlashi bilan tanishdi.

“Shaffof qurilish” tizimi nazorat jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi. Xususan, qurilish obyektlarida nazorat inspektorlari tomonidan aniqlangan kamchiliklar fotosuratlari bilan birga tizimga onlayn kiritiladi. Ma’lumotlar yagona bazada saqlanadi, ular bilan real vaqt rejimida kuzatish mumkin bo‘ladi — qurilayotgan obyektning qandayligi, qavatlari soni, rangi va qurilish uslubi — hamma-hammasini internetda oshkora berib boriladi.

“Shaffof qurilish” tizimi quruvchilarni onlayn xabardor qilish, eng ko‘p yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni tahlil qilish va ular bo‘yicha choralar ko‘rish, qog‘ozbozlik va korrupsiyaga chek qo‘yishga ko‘maklashadi. Mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, quruvchi tashkilot yoki fuqarolarga jarayon tartiblari va shartlari haqida to‘liq ma’lumotlarni istalgan vaqtda olish imkoniyatini beruvchi onlayn tizim va mobil dastur ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahar qurilish sohasida bosh inspektori Ulug‘bek Nuriddinovning ta’kidlashicha, “Shaffof qurilish” tizimi inspektorlarning ishini ham ancha yengillashtirdi.

“Avvallari bir tumanga mas’ul inspektorda tekshirish lozim bo‘lgan qurilish inshootlari ko‘p bo‘lmagan, me’yor bo‘yicha bir nafar inspektorga 40—50 ta obyekt to‘g‘ri kelardi. 2016—2017-yillardan boshlab qurilishlar ko‘paya boshladi, hozir bir inspektor tekshiradigan obyektlar soni 200 dan oshib ketgan. Aynan shu o‘rinda ‘Shaffof qurilish’ tizimi ishni osonlashtirmoqda. Sababi, bir inspektor 200 dan ortiq obyektni qisqa vaqtda tekshirib chiqishi, uni birma-bir oq qog‘ozga tushirishi ancha qiyin. Bu texnologiya esa obyektni ham sifatli, ham tez tekshirish imkonini beradi”, — deydi u.

Tizim Toshkent shahri va Toshkent viloyatida test tariqasida ishga tushirilgan vaqtda Qurilish nazorat inspeksiyasi tomonidan Toshkent shahri uchun 25 planshet xarid qilinib, nazorat ishlariga 25 inspektor, Toshkent viloyati uchun 20 planshet xarid qilinib, nazorat ishlariga 20 inspektor jalb etilgan. 5-avgust kuni esa Inspeksiya qurilishdagi nazorat tizimini respublika miqiyosida joriy etish bo‘yicha buyruq chiqargan. 2021-yil boshidan mamlakatning boshqa hududlarini ham ushbu tizim bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют