» » Tadbirni otkazishga jiddiy qarshiliklar bolgan. Toshkentda 3 yil avval 8 tonnalik rekordchi palov damlangan edi

Tadbirni otkazishga jiddiy qarshiliklar bolgan. Toshkentda 3 yil avval 8 tonnalik rekordchi palov damlangan edi


Bundan 3 yil oldin 2017-yil 8-sentabrda Toshkentda Ozbegim nomi ostida yirik festival bolib otgan va unda damlangan 8 tonnalik osh Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi.

Toshkent markazidagi Amir Temur xiyobonida otkazilgan ommaviy tadbir xalq sayliga aylanib ketgan, unda Toshkent uchun noodatiy tarzda bir necha on minglab kishilar qatnashgan.

Festival tashkilotchilaridan biri Mass-media fondi rahbari Komil AllamjonovTelegramdagisahifasida uch yil oldingi tadbirni yodga olib, uni tashkil etish oson kechmagani, akaxonlar tomonidan qarshiliklar bolgani, biror kor-hol bolsa, uni osha zahoti qamash bilan tahdid qilingani kabilar haqidahikoya qilib berdi.

Albatta, ushbu tadbirni tashkillashtirish oson kechmagan. 8 tonnalik qozondan tortib, unga mos maxsus kapgirlar, qozon ochogi-yu, uni qizdirish uchun gaz hajmi bexato olinishi zarur edi. Aks holda, millionlab odamlar orasida sharmanda bolish hech gap emas.

Yana bir masala, osh pishsa-yu, lekin rekord ornatilmay qolsa, unda nima boladi, degan xavotirda edim. Yana ham dahshatlisi, kutilmaganda qozon ogirlikka dosh berolmay, yorilib ketsa-chi, degan qorquv bor edi. Nafaqat men, balki oshpazlarning ozi ham ozgina sarosimada. Bir sirni aytay, 8 tonna osh damlash uchun kerak bolgan qozon chizmasini tayyorlab berishni sorab, suv havzasi (basseyn) yaratuvchi loyihachilarga buyurtma berganmiz.

Qozonni esa Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbari boshchiligidagi guruh choyandan quyib bergan. Qozon tayyor bolganda, tadbirdan avval unda bir necha tonna yogni yaxshilab qizdirib, toblab, song osha zavodning ozida bir marotaba osh damlab korishga qaror qildik. Birinchi osh ham juda shirin chiqdi. Endi shuncha oshni nima qilamiz, deb oylab turgandik, ishonasizmi, bir necha tonna oshni zavod xodimlarining ozi bir soatga qolmay paqqos tushirib, tugatib qoyishdi.

Nihoyat, 8-sentyabrda tadbirimiz boshlandi. Kutilmaganda shahar markaziga yogilib kelgan minglab, on minglab odamning hammasi qozon tomon yopirildi. Osha lahzada meni rosmana vahima bosdi. Allohdan faqat tadbirimiz tinchlik bilan, noxushliklarsiz otishini soradim.

Agar osha paytda biror bir odamga shikast yetsa, tamom bolardik. Tadbirni otkazishga yaxshigina qarshiliklar ham bolgan va xatti-harakatlarimnilupaostidankuzatib, xato qilishimni poylab turganakaxonlarham bor edi.Agarbiror kor-hol bolsa, sizni osha zahotiqamaymiz, degan gaplarni ham bir necha marotaba eshitganmiz. Yuz minglab ODAM keladi, biron favqulodda holat bolib qolsa, unga kim javob beradi, degan ziddiyatli muhokamalar... (Ohhh!) Men hamalbatta, men ozim javob beraman! deb qorqmay gapirgan ekanman oshanda. Hozir eslasam, ozim vahimaga tushib ketaman.

Osha paytda menga kuch bergan inson bu prezidentimiz edilar. Ular menga ishondilar. Xullas, nihoyat tarixiy voqea yuz berdi. Ozbek paloviGinnessningrekordlar kitobiga kiritildi, deb yozadi Komil Allamjonov.

U tadbirga oshpaz Bahriddin Chustiy va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev bosh-qosh bolganini takidlagan. Rekord miqdordagi palov damlash goyasi BahriddinChustiydanchiqqanini eslab, ayni kunlarda koronavirusdan davolanayotgan taniqlirestoratorgasalomatlik tilagan.



Manba: Daryo.uz
: admin (9-09-2020, 17:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -