» » “O‘zbekiston temiryo‘llari” Toshkent metrosining yangi bekatlari nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirilmagani haqidagi tanqidlarga javob berdi

“O‘zbekiston temiryo‘llari” Toshkent metrosining yangi bekatlari nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirilmagani haqidagi tanqidlarga javob berdi


“Anhor.uz” jurnalisti nogironlar uyushmasining a’zolari Farhod Abdurahmonov va Oybek Isoqov bilan birgalikda Toshkentda foydalanishga topshirilgan yangi metro yo‘nalishidagi inklyuziv muhitni o‘rganib, uning imkoniyati cheklanganlar uchun talab darajasiga javob bermasligini aniqlagan.

Xususan, “Do‘stlik-2” bekatida, uning bir qismida imkoniyati cheklanganlar uchun lift ishlamagan. Metropoliten xodimlari buni liftlardan oddiy odamlar foydalanayotgani uchun ular ishlatilmayotgani bilan izohlagan. Yangi yo‘nalishning oltinchi va yettinchi bekati nogironlar aravachasida yuradigan odamlar uchun mutlaqo moslashtirilmaganligi aniqlangan. Yettinchi bekatda (“Qo‘yliq” bozori) pandus 45 daraja qiyalik bilan qurilgan, normalarga ko‘ra esa uning qiyalik darajasi 8 dan oshmasligi kerak.

Bundan tashqari, yangi yo‘nalishning 2, 3, 4, 5-bekatlarida liftlar va eskalatorlar borligi, biroq monitoring paytida bekatlardagi liftlar ishlamayotgani qayd etilgan. “6 va 7-bekatlar nogironligi bor kishilar harakatlanishi uchun umuman moslashtirilmagan. Bir tasavvur qiling, imkonli muhitga ega “Do‘stlik-2” bekatiga nogironligi bor kishi kirdi. U ‘Qo‘yliq’ bozoriga, ya’ni 7-bekatga boryapti, bu bekatga kelishi bilan undan chiqa olmaydi. Aqlga sig‘maydigan holat – kishi metroga kirib, undan chiqolmasa”, — degan Nogironlar uyushmasining raisi Oybek Isoqov.

Shuningdek, perron va metro vagonlari orasida katta oraliq qolayotgani, bu aravachaning vagonga silliq kirib borishiga imkon bermasligi, yana begonalarning yordamidan foydalanish zaruratini yuzaga keltirishi bildirilgan. Yangi metro bekatlaridagi taktil yo‘lakchalarning perron chekkasiga haddan tashqari yaqin joylashgani ham aytib o‘tilgan. “Demak, xavf haqidagi signal bevosita platforma chekkasiga joylashtirilgan. Taktil yo‘lakcha platforma qirg‘og‘idan 70-90 sm masofada bo‘lishi zarur”, — degan u.

Oybek Isoqov “O‘zbekiston temiryo‘llari” metro bekatlarini loyihalashtirayotganda loyihani nogironligi bor shaxslarning tashkilotlari bilan muvofiqlashtirmaganligini ta’kidlagan. “Agar bizni loyihalashtirish va bekatlarni topshirish bosqichlarida jalb etishganida, kamchiliklarni ko‘rsatgan bo‘lardik va ular hozir bartaraf etilgan bo‘lardi”, — degan u.

“O‘zbekiston temiryo‘llari” ushbu tanqidlarga munosabat bildirdi. Kompaniya matbuot xizmatining qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikka muvofiq, 1-guruh nogironlari va ularga hamroh bo‘lgan shaxslar jamoat transportidan, shu jumladan, metrodan bepul foydalanishi mumkin.

Harakati cheklangan yo‘lovchilarning platformaga kassa, turniket va bekatlar vestibyuli orqali kirishlariga hojat yo‘q. Bunday qulaylik yaratish loyihalash bosqichida hisobga olingan. Mutaxassislar (qurilish buyurtmachilari)ning aytishicha, shunday kelib chiqqan holda metro bekatlarida maxsus liftlar o‘rnatilgan bo‘lib, imkoniyati cheklangan shaxslar ko‘chadan turib to‘g‘ri stansiya platformasiga ko‘tarilib, xuddi shu tarzda pasga tushishlari mumkin.

Bundan tashqari, lift bo‘lmagan oltinchi va yettinchi stansiyalarda nogironlik aravachasidagi kishilar zinadan bemalol chiqib-tushishi uchun maxsus ko‘tarma pandus mavjud.

Yo‘lovchilar, shu jumladan nogironlar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, har bir bekatda tartibni saqlash uchun imkoniyati cheklangan fuqarolarga individual yondashuvni ta’minlaydigan IIV xodimlari va metropoliten navbatchilari qarab turadi, ya’ni yo‘riqnomaga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

Shuningdek, kompaniya munosabatida aytilishicha, metropoliten xodimlari imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar toifalarini monitoring qilmoqda. Tushunmovchilik yuzaga kelmasligi uchun “Toshkent metropoliteni” stansiyalar xodimlaridan yordam so‘rab murojaat qilishga chaqirgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 6) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют