» » Xo‘jaobod tumani hokimi o‘zgardi. Avvalgi hokim ustidan tuman deputatlari Prezidentga shikoyat qilgan edi

Xo‘jaobod tumani hokimi o‘zgardi. Avvalgi hokim ustidan tuman deputatlari Prezidentga shikoyat qilgan edi


Xalq deputatlari Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani kengashining 9-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida Zohidjon Ahmadaliyev tuman hokimi sifatida tanishtirildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri. Avvalroq viloyatning Asaka tumani hokimi almashgani haqida xabar berilgan edi.

Sessiyada 2019-yildan buyon tuman hokimi sifatida ishlab kelgan Otabek Rasulov o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgani, uning o‘rniga viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Zohidjon Ahmadaliyev Xo‘jaobod tumani hokimi etib tayinlangani ma’lum qilingan.

Zohidjon Ahmadaliyev 1974-yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2011-yilda esa Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U viloyat hokimligi, Oltinko‘l, Shahrixon va Andijon tumanlari hokimliklarida turli lavozimlarda, 2015—2016-yillarda viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasida, 2018—2019-yillarda viloyat Iqtisodiyot va xududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan.

Zohidjon Ahmadaliyev 2020-yil aprelidan buyon viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Avgust oxirlarida ijtimoiy tarmoqlarda Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman kengashining bir guruh deputatlari tuman hokimi Otabek Rasulovning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, Prezident Shavkat Mirziyoyev va qator davlat idoralariga murojaat yo‘llagani ma’lum bo‘lgan edi.

Murojaatda hokimning davlat mulkini talon-toroj qilish, yer sotish, byudjet mablag‘larini noo‘rin sarflash, kadrlar siyosatidagi shoshqaloqlik, tadbirkorlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgani, ma’naviy-axloqiy tomondan ham “teskari o‘rnak” bo‘layotgani ta’kidlangan.

Shuningdek, murojaatda hokim Otabek Rasulov 2019-yilgi parlament saylovlari vaqtida deputatlikka nomzodlar ro‘yxati OAVda e’lon qilinishiga bir kun qolganida, siyosiy partiyalarga tazyiq o‘tkazib, nomzodlar ro‘yxatini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirgani ham qayd etib o‘tilgan.

Deputatlar o‘z murojaatida tuman hokimining ishini alohida o‘rganish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzib, guruhi ishiga o‘zlari ham jalb etilishini so‘ragan edi.

Mavzuga doir: Jalaquduq tuman IIB boshlig‘i Asaka tumaniga hokim etib tayinlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют