» » Xorazmda Pahlavon Mahmud haqida film suratga olinadi

Xorazmda Pahlavon Mahmud haqida film suratga olinadi


“O‘zbekkino” milliy agentligi hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Pahlavon Mahmudning hayoti haqida “Afsonadagi haqiqat” nomli badiiy film hamda Xorazm viloyatining so‘nggi besh yildagi rivojlanish tarixi haqidagi hujjatli film suratga olinishi rejalashtirilmoqda.

Pahlavon Mahmud — ulug‘ shoir va mutafakkir. U 1247-yil Xivada tug‘ilgan. Afsona va rivoyatlarda uni kuragi yerga tegmagan pahlavon, shu bilan birga, po‘stindo‘z va telpakdo‘z usta bo‘lganligi tasvirlanadi. Pahlavon Mahmud “Kanzul haqoyiq” (“Haqiqatlar xazinasi”) nomli masnaviy hamda ko‘plab ruboiylar yaratgan. Shoir o‘z ruboiylarini fors-tojik tilida yozgan.

“O‘zbekkino” MA tarkibida tuzilgan ishchi guruh Pahlavon Mahmud haqida badiiy film hamda hujjatli filmni suratga olish ishlarini boshlash uchun vohada amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘rganib, Xorazm viloyatidagi diqqatga sazovor joylarni ko‘rishdi. Bugungi kunda namunaviy talablarga javob beradigan tarzda rekonstruksiya qilinayotgan “Xudoybergan Devonov” kinoteatri faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi. Tez kunlarda mazkur kinoteatrning ochilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Badiiy filmda Xorazm vohasining o‘ziga xos qadimiy urf-odatlarini ko‘rsatib berish bilan bir qatorda o‘sha davrga xos milliy kiyim-kechaklar, qurol-aslahalar bazasi aks ettiriladi. Pahlavon Mahmud hayotini ko‘rsatish bilan birga, ming asrlardan buyon o‘z tarixini saqlab qola olgan ko‘hna Xiva bilan bog‘liq milliy va qadimiy obidalar, yurt bag‘rida yetishib chiqqan faylasuflar ijodi haqida hikoya qilinadi.

Pahlavon Mahmud haqidagi badiiy film postanovkachi rejissori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hamidulla Hasanov, ssenariy mualliflari Anvar Ergashev, Yuliya Medvedovskaya va Jasur Mahmudov, postanovkachi operator Habibulla Hasanov, rassom Nig‘mat Jo‘rayev.

Hozirda filmlarning suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Premyera 2021-yilning sentabr oyida namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir: Rossiyalik rejissor Artyom Mixalkovning “Janob Nokaut” filmi O‘zbekistonda suratga olinadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют