» » Nokia 170 dollar evaziga Snapdragon 460 protsessori va 4000 mA/soatli akkumulyatorga ega smartfonini tayyorlanmoqda

Nokia 170 dollar evaziga Snapdragon 460 protsessori va 4000 mA/soatli akkumulyatorga ega smartfonini tayyorlanmoqda


Nokia kompaniyasi Nokia 3.4 smartfonini taqdim etishga tayyorlanmoqda — model boshlang‘ich darajadan sal balandroq. Avvalroq internetda yangi modelning renderi paydo bo‘lgandi, hozir uning narxi ham ma’lum bo‘ldi: Buyuk Britaniyadagi internet-do‘konlarining birida Nokia 3.4 170 dollar evaziga buyurtma qilish mumkin, deb xabar beradi IXBT.

Bu kam yoki ko‘pligini foydalanuvchining o‘zi hal qiladi, biroq ta’kidlash kerakki, Buyuk Britaniyada soliqlarning o‘ziga xosligi sabab narxlar boshqa mamlakatlardan biroz yuqori yuradi. Shuningdek, narx funtning yevro yoki dollarga nisbatan yuqoriligi sabab ham ko‘tariladi.

Yangi modelning texnik tavsifi ma’lum: Nokia 3.4’ga bir kristalli Snapdragon 460 protsessori, 3 gigabayt tezkor, 32/64 gigabayt ichki xotira o‘rnatiladi. Ekran diagonali 6,52 dyuymga teng, piksellar soni — 1600x720. Asosiy kameradan 13, 5 va 2 megapikselli datchiklar o‘rin olgan, frontal kamera esa 8 megapiksellni tashkil etadi. Akkumlyator sig‘imi 4000 mA/soat bo‘lib, qurilma uch xil rangda sotuvga chiqqan: binafsharang, kulrang va havorang.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Nokia o‘zining yangilangan 5310 telefonini 51 dollar narxida taqdim etgandi.

Mavzuga doir: Nokia’ning eng arzon smartfoni haqidagi ma’lumotlar oshkor qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют