» » O‘zbekistonda 700 dan ortiq profilaktika inspektori koronavirus yuqtirib olgan

O‘zbekistonda 700 dan ortiq profilaktika inspektori koronavirus yuqtirib olgan


IIV huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Baxtiyor Berdialiyev “Daryo” muxbiri Xonzodabegim A’zamovaga bergan intervyusida profilaktika inspektorlarining pandemiya davrida ko‘rsatgan fidoyiliklari haqida aytib o‘tdi.

“Profilaktika inspektorlarini nafaqat mahallada, balki butun jamiyatimizda tutgan o‘rni beqiyos. Hamisha xalqimizning yonida turadi.

Misol uchun, pandemiya paytida birinchi qurilgan Toshkent viloyatidagi kasalxonani qo‘riqlashga profilaktika inspektorlari mas’ul bo‘ldi. Hech kim vazifasini tashlab qochgani yo‘q. Yonida sherigi koronavirus bo‘lganini bilib turib, qimirlagani yo‘q. Shu paytgacha bizga meni almashtiring, degan birorta bildirgi kelib tushmadi.

Bundan tashqari, butun Respublika bo‘ylab karantinga olingan uylardagi qo‘riqlovni ham aynan profilaktika inspektorlari amalga oshirdi. Kerak bo‘lsa, yetkazib berish xizmatlarini ham bajardi”, — dedi IIV rasmiysi.

Baxtiyor Berdialiyevning so‘zlariga ko‘ra, xizmat vaqtida 740 nafar profilaktika inspektori koronavirus tashxisi bilan yotib chiqqan. Hozirgi vaqtda kasalxonada 77 nafar xodim davolanmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют