» » O‘zbekistonlik MMA jangchisi Doston Bozorov GFC’dagi debyut jangida 1-raunddayoq mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Doston Bozorov GFC’dagi debyut jangida 1-raunddayoq mag‘lub bo‘ldi


Moskvada 9-sentabr, chorshanba kuni Abdulmanap Nurmagomedov xotirasiga bag‘ishlangan GFC musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik yakkakurashchi Doston Bozorov (0-1) rossiyalik tajribali jangchi Gela Beridzega (2-1) qarshi jang olib olib bordi. Unda Bozorov birinchi raunddayoq raqibiga imkoniyatni boy berdi. Beridze Bozorovning oyog‘iga og‘ritish usulini qo‘llab, g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bu 22 yoshli o‘zbek uchun professional MMA’dagi debyut jang edi.

Jang videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — HAVOLA.

Ma’lumot uchun, Bozorov professional bokschi Shohjahon Ergashevga tegishli “Shohjahon GYM” jamoasi a’zosi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют