» » O‘zbekistonlik bokschi professional ringdagi debyut jangida raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

O‘zbekistonlik bokschi professional ringdagi debyut jangida raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi


Professional boksning yarim yengil vazn toifasida (-57,15 kg) o‘zbekistonlik Abdulhay Shorahmatov o‘zining debyut jangini 8-fevral, shanba kuni, Filippinning San-Fernando shahrida o‘tkazdi.

To‘rt raundga mo‘ljallangan jangda Shorahmatovga mezbon Benji Ebido raqiblik qildi. Jang 1-raunddayoq yakuniga yetdi. Abdulhay raqibining tana qismiga kuchli zarbalar berib raqibini nokautga uchratdi.

Shu tariqa Shorahmatov professional boksdagi debyutini nokautli g‘alaba orqali nishonladi.

Barcha jang videosini @UFCBOXUZ kanalida tomosha qiling!

Ma’lumot uchun, Shorahmatov Uzbek Tigers jamoasi safida WSB musobaqasi doirasida oltita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. -56 kg vazn toifasida uch marta O‘zbekiston chempioniga aylangan. Shuningdek, u Islom birdamlik o‘yinlari g‘olibi sanaladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2020, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют