» » Gruziyada ziyofatlar berish taqiqlab qo‘yildi

Gruziyada ziyofatlar berish taqiqlab qo‘yildi


Gruziya hukumati mamlakatdagi epidemiologik vaziyat tufayli har qanday turdagi ziyofat, to‘y, unashtiruv, yubiley va hokazo tadbirlarni butunlay taqiqlash haqida qaror qabul qildi. Bu haqda hukumat administratsiyasining rahbari Natiya Mezvrishvili maxsus brifingda ma’lum qilgan. Hukumat vakilining so‘zlariga ko‘ra, taqiq 10-sentabrdan boshlab kuchga kiradi.

Karantin cheklovlarining qayta tiklanishiga mamlakat hududlaridan birida 500 nafar mehmon chaqirib o‘tkazilgan katta to‘y marosimidan keyin koronavirus bilan kasallanish holatlari keskin ko‘paygani sabab bo‘lgan.

Tibbiyot xodimlari va epidemiologlarning ma’lum qilishicha, COVID-19’ning “to‘y klasteri” oqibatida bir kun ichida mamlakatda infeksiyaga chalinganlar soni 44 nafarga yetgan va bu Gruziyadagi epidemiya tarixida kuzatilgan antirekord. Mamlakat epidemiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan “yashil davlatlar”dan biri hisoblanadi.

Ziyofatlar berib tartibga rioya qilmagan tashkilotchilar 10 000 lari (3250 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Gruziyada koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1,7 ming nafardan oshgan va 19 kishi kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Avval Gruziya hukumati mamlakatga keluvchilarni karantinga olish muddatini 12 kundan 8 kungacha qisqartirgani, 15-sentabrdan boshlab mamlakat to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklagan Germaniya, Fransiya, Latviya, Litva va Estoniya davlatlarining fuqarolari chegarada topshirilgan PZR-test haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishlari talab qilinishi haqida xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют