» » “Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha sudda guvohlikka chaqirilgan IIB xodimi ota-bola qiynoqqa solingan kuni “protivogaz” so‘rab olinganini tan oldi

“Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha sudda guvohlikka chaqirilgan IIB xodimi ota-bola qiynoqqa solingan kuni “protivogaz” so‘rab olinganini tan oldi


“Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha sudda guvohlik bergan IIB xodimlarining gapi ikki xil chiqmoqda. Biri mol o‘g‘risiga sheriklikda gumonlanib qiynoqqa solingan Qurbon Ostonoyev uchun “protivogaz” olingan desa, ikkinchisi buni rad etmoqda. Bu haqda sud ishida qatnashgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Chiroqchi tuman IIB binosida urib o‘ldirilgan 32 yoshli fuqaro Yusuf Abdurahmonovning o‘limida ayblangan IIB xodimlari ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi K. Tolliboyev raisligida Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Marhum Yusuf Abdurahmonovga o‘g‘rilik qilishda sheriklikda gumonlanib qiynoqqa solingan Qurbon Ostonoyev 2020-yil 21—22-yanvar kunidagi voqealarni esga olar ekan, o‘sha kuni IIB xodimlari uni tilga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqoratlaganini, Anvar Jonqobilov ismli IIB xodimi buyrug‘iga ko‘ra Jasur Rahmonov “protivogaz” olib kelib kiydirgan holda qiynoqqa solganini aytdi.

Sudda guvoh sifatida ishtirok etgan Chiroqchi tuman IIB xodimi Jasur Rahmonov Qurbon Ostonoyevning gapini rad etib, hech qanday “protivogaz” olib kelmaganini, Qurbon Ostonoyevning qiynoqqa solingani yolg‘on ekanini bildirdi.

Sudda guvohlikka chaqirilgan yana bir IIB xodimi Farid Yodgorov esa o‘sha kuni tuman IIBda navbatchi bo‘lganini, Jasur Rahmonov ismli xodim undan bir dona “protivogaz” so‘rab olganini va taxminan bir soat o‘tganidan so‘ng qaytarib olib kelganini aytdi. Guvohlar gapiga oydinlik kiritishga uringan sud hay’ati IIB xodimlari Farid Yodgorov hamda Jasur Rahmonovlarni yuzlashtirdi. Biroq guvohlar gapini o‘zgartirmadi.

Eslatib o‘tamiz, tuman IIBda qiynoqqa solingan 32 yoshli Yusuf Abdurahmonov o‘limi jamoatchilikka ma’lum bo‘lgach, “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Qurbon Ostonoyev “Nurbek ismli xodimdan so‘ng yonimga Anvar degani keldi. U ham haqorat qildi, urdi. Javoblarim ma’qul kelmadimi “protivogaz” kiydirib, qiynoqqa sola boshladi. Xuddi yosh boladek chakkamga tarsaki tushirardi. O‘sha kuni xona burchagida qo‘limni ko‘tartirib, turg‘izib ham qo‘yishdi. O‘zlari esa uxladi”, degandi.

Ta’kidlash lozim, “Chiroqchi voqeasi”da dastlab ikki nafar IIB xodimi qo‘lga olingani xabar berilgandi. Keyinchalik esa, ayovsiz kaltaklangan ota-bolaga tergovchilar tomonidan 60 ga yaqin IIB xodimining surati ko‘rsatilgan. Ota-bola ko‘rsatilgan rasmlardagi IIB xodimlarining 13 nafarini tanigan. Shundan so‘ng viloyat prokuraturasidan Ilhom ismli tergovchi marhumning akasi Shuhrat Abdurahmonovga ukasining o‘limi bo‘yicha 13 nafar IIB xodimi tergovga jalb qilinishini bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, mazkur voqea sabab Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Samad Turdiyev vijdoni qiynalgani bois ishdan ketgandi.

Sud 2020-yilning 10-sentabr kuni soat 9:30 ga qadar tanaffus e’lon qildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют