» » Iroqdagi AQSh harbiylari kontingentining soni uchdan birga qisqaradi

Iroqdagi AQSh harbiylari kontingentining soni uchdan birga qisqaradi


AQSh sentabr oxiriga qadar Iroqdagi harbiylar kontingentining uchdan bir qismini qisqartiradi. Bu haqda AQSh markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari, general Kennet Makkenzi ma’lum qildi.

U jurnalistlar bilan suhbatda 5,2 ming nafar bo‘lgan harbiylar soni 3 minggacha qisqarishini bildirgan, deya xabar berdi BBC.

Makkenzining so‘zlariga ko‘ra, hududda qoladigan harbiylar Iroq xavfsizlik kuchlariga IShID jangarilarining o‘choqlarini yo‘q qilishda ko‘mak beradi.

Mavzuga doir: Cho‘ldagi zarba. 3-sentabr – AQShning Iroqqa qarshi birinchi harbiy operatsiyalaridan biri amalga oshirilgan kun

Avval AQSh administratsiyasi vakili jurnalistlar bilan muloqot vaqtida Iroqdagi amerikalik harbiylar soni qisqartirilishini aytib o‘tgandi. Shuningdek, u yaqin vaqt ichida Afg‘onistondagi AQSh harbiylarining muayyan qismi ham mamlakatdan chiqarilishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Mavzuga doir: Saddam Husayndan keyin. Iroq diktatorining qonxo‘r o‘g‘illari Uday va Qusay qanday o‘ldirilgan edi?

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning yanvar oyida Iroq barcha xorijlik harbiylarning o‘z hududidan chiqib ketishini talab qilgan, AQSh esa bunga javoban Eron generali Qosim Sulaymoniyni Bag‘dodda o‘ldirgan. Ushbu voqeadan keyin AQSh davlat departamenti Iroqdan harbiylarni olib chiqib ketish rejalashtirilmaganini, Donald Tramp esa o‘z qo‘shini chiqib ketadigan bo‘lsa Iroq hukumati mamlakatdagi harbiy bazalar, elchixonalar qurilishiga sarflangan pullarni qaytarishi lozimligini qayd etgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 04:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют