» » Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi


Samarqand viloyati hokimiga yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning qarori bilan Xurshid Ochilov viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlangan. U shu vaqtga qadar mazkur lavozimda ishlab kelgan Rustam Qobilov o‘rnini egalladi.

Xurshid Ochilov ushbu tayinlovga qadar viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Rustam Qobilov O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Samarqand viloyati filiali rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Dilmurod Sa’dullayev o‘rnini egallagan.

Dilmurod Sa’dullayev esa O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Kadrlar siyosatini ta’minlash yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimiga tayinlangan.

Avvalroq Andijon va Qashqadaryo viloyati hokimlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Navoiy viloyati hokimiga yoshlar siyosati va ijtimoiy rivojlantirish ishlar bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют