» » Rayan Giggz: “Krishtianu Ronaldu 40 yoshgacha o‘ynay oladi”

Rayan Giggz: “Krishtianu Ronaldu 40 yoshgacha o‘ynay oladi”


Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz Portugaliya hujumchisi Krishtianu Ronalduning terma jamoa safidagi gollar borasida jahon rekordchisiga aylanish imkoniyatlarini baholadi.

O‘ylaymanki, Krishtianu bu rekordni yangilaydi.

Men “Manchester Yunayted”da 40 yoshimgacha to‘p surganman, Ronalduning ham 40 yoshgacha o‘ynay olishiga ishonaman. Buning uchun u o‘ziga mos klubda bo‘lsa bas.

Ronaldu sport formasi haqida qayg‘uradi, to‘g‘ri ovqatlanadi, dam oladi hamda futbol uchun yashaydi. U men ko‘rgan eng yaxshi professional.

Rayan Giggz, Uels terma jamoasi bosh murabbiyi.

Qayd etish joiz, Ronaldu UEFA Millatlar Ligasi doirasida o‘tkazilgan Shvetsiyaga qarshi uchrashuvda dublga erishib, terma jamoadagi gollarini 101 taga yetkazib oldi. Shu tariqa Ronaldu Eron terma jamoasi sobiq futbolchisi Ali Dayining rekordni takrorlashi uchun Portugaliya terma jamoasida yana 8 ta gol urishi kerak.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 53) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют