» » Video: Baland va ohangdor ovozda “qo‘shiq kuylayotgan” tyulenlar

Video: Baland va ohangdor ovozda “qo‘shiq kuylayotgan” tyulenlar


AQShning Kaliforniya shtatidagi Tinch okean akvariumida iqtidorli hamda juda baland pardada kuylovchi dengiz mushuklari aniqlandi. TikTok ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan video internet foydalanuvchilarining kulgisiga sabab bo‘ldi, deb yozadi Esquire.

“Fikrimcha, eng baland ovozga ega hayvon – suv mushugi bo‘lsa kerak”, ? deydi, Keyn, Parker va Xarponing namoyishidan so‘ng okeanarium xodimlaridan biri Erin.

Birinchi ishtirokchi chiqishida juda yaxshi harakat qildi va 10 balldan 8 ball natijaga erishdi. Parker undan bir ballga ortda qoldi, Xarpo esa eng yuqori ko‘rsatkichga erishishiga biroz yetmadi. Ammo dengiz mushuklari osonlikcha taslim bo‘lmadi, ular musiqa tanlovining mavjud rekordlarini yangilagan holda xor jamoasini tashkil etdi.

Tomosha qilishdan avval qurilma ovozini pasaytirish tavsiya etiladi.

i’ve been laughing for the past 10 minutes ???? pic.twitter.com/5nFX4poAJp

— tally2shoes ???? (@nattiedabrattie) August 16, 2020

Video Twitter ijtimoiy tarmog‘ida ommalashdi va 8 milliondan ortiq foydalanuvchi tomonidan tomosha qilindi. Foydalanuvchilar nafaqat ushbu jonzotlarni yaxshi ko‘rib qoldi, balki Keyn, Parker va Xarpo hamkorligidan ilhom oldi.

Harper wins pic.twitter.com/8fG0UjCbN6

— Seanie Boy is offline (@TropicalRemedy) August 17, 2020

Xarpo deyarli mashhur bo‘lib ulgurgan. Ko‘rinishidan u okeanariumda ham ajralib turadiganga o‘xshaydi, u obunachilarga tanlovning g‘olibi bo‘lganligi munosabati bilan video orqali minnatdorlik bildirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют