» » Video: 3 metr keladigan ulkan dengiz mushugi

Video: 3 metr keladigan ulkan dengiz mushugi


Skatlarning “dengiz mushugi” deb nomlanuvchi turining uzunligi 2 metrga qadar yetadi, biroq ba’zida ular orasida rekordchilari ham uchrab turadi. Yaqinda g‘avvos Stefano ushbu turdagi uch metrli ulkan baliqqa Portugaliya sohillarida duch keldi, deb xabar beradi National Geographic.

Italiyalik g‘avvos Stefano Ulivi tez-tez Portugaliyaning Piku oroli qirg‘oqlariga shong‘ib turadi.

G‘avvos 20 metrli chuqurlikda avvallari bu yerda bo‘lmagan ulkan “noodatiy tosh”ga duch kelgan. Jumboq tezda o‘z yechimini topdi: “tosh” to‘saddan harakatga kelgan va g‘avvos bu dengiz mushugi ekanligini tushunib yetgan.

Skatlarning ushbu turi Atlantik okeanining sharqiy qismidagi issiq suvlarda keng tarqalgan. Dengiz mushuklarining eni 140 santimetrga, uzunligi esa 2,5 metrga yetadi.

Ushbu jonzot nima sababdan “dengiz mushugi” deb atalishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q: taxminlardan biriga ko‘ra, jonzot ushbu nomga ingichka va egiluvchan dumi sabab ega bo‘lgan.

Dengiz mushuklari faqatgina mayda baliqlar, mollyuskalar va qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Videodan ko‘rish mumkinki, g‘avvosni ko‘rgani hamonoq skat suzib ketgan.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют