Joze Mourinyo: Messi faqat moliyaviy feyr-pley qoidalarini hurmat qilmaydigan jamoaga o‘tishi mumkin
“Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Barselona” hujumchisi Lionel Messini o‘z jamoasida ko‘rishning iloji yo‘qligi haqida gapirdi.
Jozega Lionel Messini o‘z jamoasiga taklif qilish borasida savol berildi.
Yo‘q,“Tottenhem”ga emas. Uni faqat orzular terma jamoamda ko‘rishim mumkin. “Tottenhem” moliyaviy feyr-pley qoidalarini hurmat qiladi. Messi esa faqat moliyaviy feyr-pley qoidalarini hurmat qilmaydigan jamoaga o‘tishi mumkin. Shunday ekan bu aniq “Tottenhem” emas.
Joze Mourinyo, “Tottenhem” ustozi
Avvalroq Mourinyo moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda ayblangan “Manchester Siti”ning bu masala bo‘yicha oqlanishini sharmandagarchilik deb atagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
