» » Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston fuqarolarini karantin qoidalari yumshatilgani tufayli xotirjamlikka berilmaslikka chaqirdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston fuqarolarini karantin qoidalari yumshatilgani tufayli xotirjamlikka berilmaslikka chaqirdi


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yana bir bor fuqarolarni karantin qoidalari yumshatilgani tufayli xotirjamlikka berilmaslikka chaqirdi.

Bugun dunyoda koronavirus xavfi yetib bormagan biror mamlakat qolmadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda dunyoda kasallanganlar soni 27 million 700 ming nafardan oshdi. Pandemiyaning ilk bosqichlarida kasallanganlar soni 100 ming nafarga yetishi uchun hafta kerak bo‘lardi. Hozir esa bu raqam soatlar ichida qayd etilmoqda.

Yurtimizda sentabrning ilk kunida 343 nafar bemor qayd etilgan bo‘lsa, 9-sentabrda bu ko‘rsatkich qariyb 170 nafarga oshdi. Karantin tartiblarining yumshatilishi, bir qancha faoliyat turlariga ruxsat berilishi, shuningdek, maktablarda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan aholi o‘rtasida o‘zaro muloqotning ko‘payishi, o‘z navbatida, koronavirus xavfini ham kuchaytiradi.

Bugun ko‘cha, bozor va boshqa jamoat joylarida aksariyat fuqarolarning karantin qoidalariga rioya qilmasdan, beparvolik bilan, o‘zaro masofa saqlash va niqob taqish qoidalarini qo‘pollik bilan buzish holatlari ko‘payib borayotgani juda xavotirli.

Umumiy ovqatlanish obyektlari, tomosha va madaniy-ko‘ngilochar obyektlar, masjidlar, shuningdek, park va istirohat bog‘laridagi attraksionlar faoliyatiga qat’iy karantin talablari asosida ruxsat berildi. Jumladan, har bir fuqaro tibbiy niqobda bo‘lishi, mijozlar orasida 2 metrlik masofani ta’minlash, shuningdek, obyektdagi jihozlarni muntazam dezinfeksiyalash, havo aylanish tizimini zararsizlantirish kabi qat’iy belgilangan sanitariya-gigiyena talabalariga rioya etishlari lozim.

Hozirda yurtimizda 2580 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda. Ulardan 235 nafari o‘rtacha og‘ir, 427 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda yotgani joylarda niqobsiz, masofa saqlamasdan yurgan yurtdoshlarimiz uchun ogohlantirish bo‘lishi zarur.

Hali davosi topilmagan, keyinchalik qanday asoratlar qoldirishi, yuqtirilgandan so‘ng yana qaytalanmasligi shubha ostida bo‘lgan, qarshisida butun dunyo tibbiyoti ojiz turgan kasallikka qarshi yagona samarali chora hisoblangan sanitariya qoidalariga amal qilmaslik, tibbiyot niqoblarni taqmaslik uchun qanchalik beparvo bo‘lish kerak?!

Karantin qoidalari yumshatilgani odamlarni xotirjamlikka emas, aksincha, sergaklikka chorlashi kerak. Chunki endi uyda, ishda, ko‘chada, bozorda boshqa odamlar bilan ko‘proq yuzma-yuz bo‘lishadi.

Dunyo tajribasida ko‘rinmoqdaki, har qanday cheklovdan ko‘ra, odamlar orasidagi karantin madaniyati koronavirusni oldini olishda samaraliroq bo‘lib qolmoqda. Misol uchun, 33 millionga yaqin aholisi bo‘lgan Malayziyada avgust oyida kasallanish holati 355 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, sentabrning dastlabki haftasi davomida bor-yo‘g‘i 37 nafarni tashkil etgan, xolos. Bunda aholining ongli ravishda hukumat va shifokorlarning tavsiyalarini so‘zsiz bajarishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ularda karantin tugaganiga qaramay jamoat joylarida haliyam masofa saqlash, niqob taqish, maqsadsiz ko‘chaga chiqmaslik, katta tadbirlar o‘tkazmaslik odatga aylandi.

Hurmatli vatandoshlar! Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, bundan keyin pandemiya sharoitida yashashga, mehnat qilishga o‘rganishimiz shart. Ayni paytda o‘z salomatlingizni asrashingiz, avvalo, o‘zingiz, so‘ngra tibbiyot xodimlari va mamlakatimiz uchun qilgan eng katta xizmatingizdir. Oilangiz va farzandlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang, yaqinlaringizning dard chekishiga sababchi bo‘lib qolmang.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan 1-avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilindi. 10-iyuldan to‘ylar, oilaviy va ommaviy tadbirlar taqiqlandi, avtotransport harakati cheklanai. Keyinroq karantin cheklovlari uzaytirildi va 15-avgustdan boshlab Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq cheklovlar yumashatildi.

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev ham karantin yumshatilgani kasallik yo‘q bo‘lganini bildirmasligini, karantin yumshatilgani sababli COVID-19 tarqalishi xavfi sezilarli darajada oshishi mumkinligini aytgan edi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev to‘ylarni bir kunda 3—4 marta o‘tkazish holatlariga chek qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют