» » Beg‘ubor muhabbat haqida hikoya qiluvchi koreys seriali “Qish sonatasi” aktyorlari 18 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)

Beg‘ubor muhabbat haqida hikoya qiluvchi koreys seriali “Qish sonatasi” aktyorlari 18 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)


“Qish sonatasi” o‘zbek kinoixlosmandlari tomonidan takror-takror tomosha qilinadigan eng sevimli serial deyilsa, mubolag‘a bo‘lmaydi. Serial ilk marta efirga uzatilganida ayrim yigitlar sochini bosh qahramon Jun Sangnikiga o‘xshatib turmaklagani, qizlar esa Yu Jindek kiyingani sir emas. “Qish sonatasi” aktyorlari o‘tgan vaqt ichida qanchalik o‘zgardi, ularning hayotida qanday o‘zgarishlar kuzatildi, quyida shular haqida so‘z yuritiladi.

“Qish sonatasi” seriali 2002-yil Janubiy Koreyada rejissor Yun Sok Xo tomonidan suratga olingan. Serial ikki yoshning muhabbati va ayrilig‘i haqida hikoya qiladi. Garchi mavzu doimgidek sevgiga taqalsa-da, rejissorning yondashuvi umuman boshqacha. Mashhur pioninachining o‘g‘li film bosh qahramoni Kan Junsan Chunchon qishloq xo‘jaligiga ko‘chib keladi. Otasining o‘limi, onasi bilan doimiy kelishmovchiliklar tufayli u hamisha o‘zini keraksiz deb biladi.

Yujin va Sanxyok bolaligidan birga o‘sgan do‘stlar. Bir sinfda o‘qishni boshlagan Junsan va Yujin orasida tez orada muhabbat paydo bo‘ladi, ko‘p o‘tmay Yujin Junsanning avtohalokat tufayli vafot etganini eshitadi.

Oradan o‘n yil o‘tib, Yujin va Sanxyok o‘zlarining nikoh to‘yini rejalashtiradi. Lekin to‘satdan ko‘chada Junsanni ko‘rib qolishi serial voqealarini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Tez orada yana bir sinfdosh qiz Cherinning Fransiyadan qaytishi munosabati bilan sinfdoshlar uchrashuv tashkillashtiradi. Uchrashuvga yaqin do‘sti bilan tashrif buyurgan Cherin hammmani lol qoldiradi, sababi u Junsanga bir tomchi suvdek o‘xshar edi. Ammo u AQShdan kelgan Li Minxyon edi. Voqealar shu tarzda tomoshabinlarni o‘z ichiga olib kirib ketadi.

Serialdagi Jun Sang va Yu Jin velosiped uchadigan xiyobon shu qadar mashhur bo‘lib ketdiki, ushbu xiyobonga bosh qahramonlarning haykali ham o‘rnatilgan.

Li Minxyon / Kan Junsan

Pe Yonjun

1972-yil Janubiy Koreyaning Seul shahrida tug‘ilgan. 1994-yilda ilk debyutini “PpilKu” filmida ijro etgan. Shundan so‘ng birin-ketin film va seriallarda suratga tusha boshlaydi. Lekin uni butun dunyoga mashur qilgan “Qish sonatasi”dagi ikki obraz ijrosi bo‘ldi. Aktyor qanchalar taniqli va mahoratli bo‘lmasin, bugunga qadar 16 dan ortiq film-seriallarda suratga tushgan va o‘ndan ortiq mukofotlarga sazovor bo‘lgan. U aktrisa va model Pak Su Jin bilan 2015-yilda turmush qurgan, bir o‘g‘il va qizi bor.

Yujin

Chxve Jiu

1975-yil 11-iyunda Koreyaning Kengido shahrida tug‘ilgan.1994-yil MBC kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan iqtidorlilar tanlovida ishtirok etib, ko‘zga ko‘ringan va 1995-yil “Urush va sevgi” filmida rol ijro etgan. Shundan so‘ng birinchi marotaba Pe Yon Chun bilan “Birinchi muhabbat” kartinasi suratga olinayotgan paytda tanishadi. “Qish sonatasi” seriali aktrisaga nafaqat Koreyada, balki Yaponiyada ham mashhurlik olib keldi va uni “Malika Chxve” deb atashadi.

Aktrisa 2018-yil 29 martda turmushga chiqdi. To‘yga faqatgina 40 kishi taklif qilingan bo‘lib, ularning do‘stlari va  yaqinlari tashrif buyurgan. Shuningdek, to‘y va bo‘lajak kuyov haqida barchasini sir tutgan. Ammo keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, aktrisaning turmush o‘rtog‘i o‘zidan 12 yosh kichkina. Ular 2020-yil 16-mayda qiz farzandli bo‘ldi.

Kim Sanxyok

Pak Yon Xa

1977-yil 12-avgustda Seulda dunyoga kelgan. Aktyor “Qish sonatasi” filmidan so‘ng mahshurlikka erishdi va o‘zini qo‘shiqchilikda ham sinab ko‘rdi. Shundan so‘ng uning bir qancha albomlari muxlislarga taqdim etildi. 2010-yil 30-iyun kuni aktyor o‘zining uyida o‘lik holda topilgan. U o‘zini elektr simiga osgan edi. Pak Yon Xaning o‘z joniga qasd qilishining taxminiy sababi stress bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada rejalashtirilgan konsert dasturi chiptalari sotilgan, ammo u oxirgi paytda o‘z kompaniyasini boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Shuningdek, uning otasi saraton kasalligidan aziyat chekayotgan bo‘lgan. Onasining aytishicha, u oxirgi paytlarda hayotdan ko‘p nolir, hatto otasining o‘rnida bo‘lish istagini ham bildirgan. Ayniqsa, u o‘limidan bir kun avval bemor otasidan qayta-qayta kechirim so‘ragan.

O Cherin

Pak Sol Mi

1978-yil 3-yanvarda Seulda tug‘ilgan. Ilk debyutini “Qish sonatasi“ serialida ijro etgan. 2013-yilda Pak Sol Mi aktyor Xan Je Sok bilan oila qurdi. Ikki nafar qiz farzandi bor.

“Qish sonatasi”ning musiqalari ham tomoshabinlar uchun hamon sevimli.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют