» » Angliyalik erkak birovning mashinasi old oynasini urib sindirdi. U bu ishni itni qutqarish uchun qildi (video)

Angliyalik erkak birovning mashinasi old oynasini urib sindirdi. U bu ishni itni qutqarish uchun qildi (video)


Angliyaning Berkshir grafligida issiq havoda qoldirilgan mashina ichidagi qiynalib nafas olayotgan itni erkak va ayol ko‘rib qoldi. Bu haqda Esquire ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, jonzot egasi xarid qilish uchun ketayotganda maxsus to‘xtash joyida itni avtomobil ichida qoldirgan. Mashina derazalari yopilgan va havo harorati 34 darajani tashkil etgan, bu esa avtomobil ichidagi havo 50 darajadan yuqori bo‘lishini anglatadi. Shuningdek, it kamida 45 daqiqa mashina ichida qolib ketgan.

Yo‘ldan o‘tib ketayotgan erkak itni qutqarish uchun tezlik bilan bolta topdi va mashinaning old oynasini sindirdi. So‘ngra u politsiya va veterinarlarni chaqirdi.

Qirollik jamiyatining ko‘rsatmalariga binoan, hayvonlarga nisbatan shavfqatsizlikni oldini olish bo‘yicha jonivorlarni issiq havoda uzoq vaqtga mashina ichida qoldirish mumkin emas. Hatto tashqi ta’sirdan ochilgan derazalar ularni yaralashi yoki o‘ldirishi mumkin.

Shuningdek, Angliyada qonun odamlarni boshqa birovning mol-mulkiga zarar yetkazganligi uchun javobgarlikka tortadi, agar mulk egasi barcha holatlarni bilib, ularning harakatiga rozi bo‘lsa, jabrlanuvchini himoya qiladi. Shu bilan birga, bunday vaziyatda politsiyaga yordam so‘rab murojaat qilish yoki mashina egasini topishga harakat qilish tavsiya qiladi. Masalan, do‘konning karnay telefonidan foydalanish orqali.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют