» » To‘yiga belgilanganidan ortiq odam chaqirgan “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Ahmad Temurov jarimaga tortildi

To‘yiga belgilanganidan ortiq odam chaqirgan “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Ahmad Temurov jarimaga tortildi


“Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Ahmad Temurov 9-sentabr kuni uylangani, uning nikoh to‘yi gala-konsertga aylanib ketgani haqida xabar berilgandi. Toshkent shahar IIBB tomonidan ma’lum qilinishicha, Ahmad Temurov karantin qoidalarini buzgan holda to‘y marosimini tashkil etgani sababli unga nisbatan chora ko‘rilgan.

Xabar berilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Ahmad Temurovning to‘yida olingan videolar bilan bog‘liq holat Toshkent shahar IIBB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi.

“Mazkur video 9-sentabr kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida olingan bo‘lib, u yerga 29 yoshli Ahmadjon T. kuyov sifatida o‘rtoqlari bilan kelgan. Bundan tashqari, Ahmadjon T. to‘yini Shayxontohur tumanidagi uyida tashkillashtirgan va to‘yga 40 nafardan oshiq mehmon kelgan”, — deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga ko‘ra, karantin va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Biroq IIBB xabarida Ahmad Temurovga tayinlangan jarima miqdori ma’lum qilinmagan.

Mavzuga doir: “O‘tgan safar 30 kishilik to‘ylarga ruxsat berganimizda, ko‘p joylarda bu cheklovga amal qilinmagandi” — Shavkat Mirziyoyev

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan e’tiboran ommaviy tadbirlar, xususan, to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi taqiqlangan edi. Ushbu taqiqdan so‘ng to‘y marosimlarini o‘tkazishga uringanlarga nisbatan hatto jinoyat ishi ham qo‘zg‘atildi.

Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashib, nisbatan nazorat ostiga olingach, Respublika maxsus komissiyasining 30-maydagi qarori bilan “yashil” toifaga kiritilgan hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.

Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani sababli 10-iyuldan boshlab mamlakatda to‘ylarni o‘tkazish yana taqiqlandi.

O‘zbekistonda 15-avgustdan 30 kishilik to‘ylarni o‘tkazishga yana ruxsat berildi.

Mavzuga doir: Andijonda to‘y o‘tkazish bilan bog‘liq karantin talablarini buzish holatlari aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют