» » Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodining ish jarayoni (foto)

Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodining ish jarayoni (foto)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2020-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 21-son qarori qabul qilingan. Qarordan ko‘zlangan asosiy maqsad zamonaviy paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish va terimni mashinada tashkil etish hisobiga paxta terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirishdan iborat.

Uning ijrosini ta’minlash maqsadida “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ tomonidan 2020-yil paxta mavsumiga 850 dona zamonaviy, yuqori samarali paxta terish mashinalarini ishlab chiqarib, respublika hududlariga yetkazib berish rejalashtirilgan edi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari ayni jarayon bilan tanishish uchun zavodga tashkil etilgan press-turda ishtirok etishdi. Zavod mutaxassislari paxta terish mashinasi tayyor bo‘lgunicha o‘tadigan 5-6 xil jarayonlar bilan jurnalistlarni tanishtirdi.

Ma’lum qilinganidek, mashinalar tayyorlash jarayonida, dastlab mexanik tayyorlov sexida detallar, ya’ni tunuka qismlari 0,8 mmdan 35 mm listlargacha kesiladi. So‘ng stanoklarda bukilib kerakli shakl beriladi. Uchinchi bosqichda payvandlanib, har xil tugunlar yasaladi, zanglamasligi uchun galvanik qoplama va sinkdan foydalaniladi. Bo‘yalganidan so‘ng yig‘ish bosqichiga o‘tkaziladi. Shuningdek, zamonaviy sexlarda ishlov berilgan qismlar zavodga olib kelinadi, tugunlarga payvandlanadi.

2020-yil hisobidan zavod tomonidan fermer xo‘jaliklariga 100 dona mashina sinov uchun ishlab chiqarib berilgan. Hozirgi kunda zavodda 120-150 ta traktor yig‘ilgan.

“O‘zavtosanoat” tomonidan Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodidagi ishlab chiqarish va korporativ boshqaruvni optimizatsiyalash bo‘yicha qator strategiyalar va dasturlar ishlab chiqilgan, ularni amalga oshirish uchun korxonaga avtomobilsozlik tarmog‘idan 200 nafar mutaxassis jo‘natilgan. Qabul qilingan dasturlar doirasida korxonada axborot tizimlari, boshqaruv, hisob-kitob va sifat nazorati tizimlari tatbiq etilgan. Texnologik jarayon, ichki logistika va menejmentning tubdan o‘zgarishi sababli, o‘tgan ikki oy davomda salmoqli natijalarga erishishga muvaffaq bo‘lindi – ishlab chiqarish hajmi kuniga 5 dona texnikadan 40 tagacha o‘sdi.

Zavoddagi boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish yil oxiriga borib ishlab chiqarish quvvatlarini 80 foizgacha ishga solish imkonini berishi ta’kidlanmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют