» » Sirdaryoda avtoreyd vaqtida televideniye tasvirchisini haqorat qilgan haydovchi 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini oldi

Sirdaryoda avtoreyd vaqtida televideniye tasvirchisini haqorat qilgan haydovchi 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini oldi


Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Sirdaryo viloyatida avtoreyd vaqtida televideniye tasvirchisiga qo‘pol muomalada bo‘lib, uni haqorat qilgan haydovchiga qonuniy chora ko‘rilganini ma’lum qildi.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib harakatlanayotgan haydovchilarni aniqlash yuzasidan YHXB va OAV hamkorligidagi avtoreyd tadbirida O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelgan Lacetti haydovchisi A.B. xavfsizlik kamarini taqmaganligi uchun to‘xtatilgan.

Haydovchi videotasvirchilar tomonidan tasvirga olinayotganligini ko‘rib, jazavaga tushib, haqoratli so‘zlar bilan tasvirchiga tahdid qilgan. Tadbir qatnashchilari tomonidan haydovchini tinchlantirishga urinishlar besamar ketgan. Unga nisbatan yo‘l harakati qoidasini buzganligi uchun belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

A.B.ning tasvirchini haqorat qilgani hamda karantin vaqtida tibbiy niqobni taqmaganligi holati yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Guliston shahar Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan hujjatlar o‘rganilib, huquqbuzar haydovchiga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

YXHBB xabarida voqeaning qachon bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritilmagan.

Avval Ohangaronda to‘xtatilgan haydovchiga “masxarabozlik qilgan” YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani, Navoiyda ayol kishi YPX xodimining bodikamerasi va jezl tayoqchasini olib qo‘ygani, prokuratura holat yuzasidan surishtiruv boshlagani, Samarqandda YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan 19 yoshli haydovchi olti sutkaga, Oqqo‘rg‘onda YPX xodimining pogonini va kamerasini yulib olgan 3 yo‘lovchi 15 sutkaga qamalgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют