» » YPX xodimlarini haqorat qilgan haydovchiga 15 kunlik ma’muriy qamoq tayinlandi

YPX xodimlarini haqorat qilgan haydovchiga 15 kunlik ma’muriy qamoq tayinlandi


Toshkent IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati xodimlarini haqorat qilgan Cobalt haydovchisi ma’muriy javobgarlikka tortildi, deya xabar qildi poytaxt boshqarmasi matbuot xizmati.

Hodisa 3-avgust kuni 9:30 da Bektemir tumanidagi Compass savdo majmuasi yaqinida YPX xodimlari Cobalt haydovchisining yo‘l harakati qoidalarini buzganinini aniqlagan vaqtida sodir bo‘ldi. Huquqbuzar 34 yoshli Bahromjon R. bo‘lib chiqdi. U avtomobilini (davlat raqami — 01 R 332 RA) transport vositasining to‘xtashi va to‘xtab turishini ta’qiqlovchi 3.27 yo‘l belgisi ostida to‘xtatgan.

YPX xodimi qoidabuzarlikni rasmiylashtirayotgan vaqtda haydovchi hujjatlarni uning qo‘lidan tortib olib, inspektorlarni janjallashishga chorlaydi, ularni uyatsiz so‘zlar bilan haqorat qiladi, deyiladi xabarda. Hodisa tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallarda tarqaldi.

Bektemir tuman ma’muriy sudi Bahromjon R.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-modda 1-qismi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha aybdor deb topib, unga nisbatan 15 kun muddatga ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2019, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют