» » Finlyandiya sayyohlar uchun mamlakatga kirish qoidalarini soddalashtirmoqchi

Finlyandiya sayyohlar uchun mamlakatga kirish qoidalarini soddalashtirmoqchi


Finlyandiya hukumati mamlakatga kirish qoidalarini yumshatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Helsingin Sanomat xabar berdi.

“Vazirlar mahkamasi Finlyandiyada chegara nazorati va turizmni osonlashtiradi. So‘nggi 14 kun ichida 100 ming aholiga 25 ta yangi kasallikka chalinish holati to‘g‘ri kelgan davlatlar aholisi mamlakatga karantinga rioya qilmasdan kirishlari mumkin”, — deyiladi xabarda.

Pandemiya boshlanganidan buyon Finlyandiya hukumati Yevropa Ittifoqida chegaralarni ochish bo‘yicha eng qat’iy standartlardan biriga amal qilib, har 100 kishiga 8 ta COVID-19 bilan kasallanish holati to‘g‘ri kelgan mamlakatdagi vaziyatni yaxshi deb baholab kelgan.

Vazirlar yig‘ilishi arafasida cheklovlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan ko‘plab sanoat birlashmalari (transport, mehmonxonalar, turizm) amaldorlarni chet ellik sayohatchilar uchun kirish standartlarini o‘zgartirishga chaqirgan bayonotlar bilan chiqqan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 08:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют