» » Finlyandiya 10 davlatdan kelganlar uchun mamlakatga kirish cheklovini qayta tikladi

Finlyandiya 10 davlatdan kelganlar uchun mamlakatga kirish cheklovini qayta tikladi


Finlyandiya hukumati koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari oshgan 10 ta mamlakat uchun chegaralarni kesib o‘tish bo‘yicha cheklovlarni qayta tikladi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi saytida ma’lum qilingan.

Cheklovlar Norvegiya, Daniya, Islandiya, Germaniya, Gretsiya va Malta, Irlandiya, San-Marino, Yaponiya va Kiprdan kelgan sayohatchilar uchun amal qiladi va 24-avgustdan boshlab kuchga kiradi.

Shuningdek, Finlyandiyaning Turku va Shimoliy Makedoniya poytaxti Skopye o‘rtasidagi aviaqatnovlar to‘xtatilishi mumkin. Qayd etilishicha, koronavirusga chalinganlarning 40 nafardan ortig‘i ushbu reys bilan Finlyandiyaga kelgan.

Worldometers’ning 19-avgust kungi ma’lumotlariga ko‘ra, Finlyandiyada epidemiya boshlanganidan buyon 7805 kishida koronavirus qayd etilgan, shundan 334 nafari vafot etgan. Butun dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 22 million kishidan oshib ketdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют