» » Video: Panorama tom va yukxonasida audiotizimga ega Lada 4x4

Video: Panorama tom va yukxonasida audiotizimga ega Lada 4x4


TikTok videoservisida sifatli tyuningga ega bo‘lgan noodatiy Lada 4x4 modeliga oid qisqa rolik paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Motor.

Aftidan, mashina egasi o‘zining to‘rt eshikli avtomobilini “orzudagi mashina”ga aylantirishga pulini qizg‘anmagan ko‘rinadi. Tyuningga uchragan mashina asosini oddiy “Niva” emas, balki 2017-yilda yo‘ltanlamasning 40 yillik yubileyi munosabati bilan ishlab chiqarilgan to‘q kulrangdagi maxsus 40th Anniversary tashkil etadi. Versiya tiraji 1977 nusxaga teng.

Lada’ni qayta ishlash jarayonida uning radiator panjarasi modifikatsiyaga uchragan Bronto bilan almashtirilgan, optika va bamperi yaxshilangan. Shuningdek, model o‘zgacha kapot, yig‘iluvchan orqani ko‘rishga mo‘ljallangan oynalar, kengaytirilgan g‘ildirak arkalariga ega bo‘lgan.

Maxsus versiyaning zavod o‘rindiqlari yangi charmli va elektr boshqariluvchi kreslolarga almashtirilgan. Avtomobil yangi uskunali old qurilmalar paneli, Lada Vesta ruli, iqlim nazorat va ikki seksiyali panorama tom bilan jihozlangan. Yukxonasiga esa to‘rtta dinamikli audiotizim o‘rnatilgan.

Mashina harakatga keltiruvchi qismiga o‘zgartirish kiritilgan yoki kiritilmagani noma’lum. “Yubiley” Lada 4x4’ga 83 ot kuchiga ega 1,7 litrli standart dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, u 7265 dollardan sotilgan.

Avvalroq Moskvada Lada 4x4 modeli g‘ildiraklar ustidagi uyga aylantirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют