» » O‘zbekiston afg‘onlararo muzokaralarning birini Samarqandda o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

O‘zbekiston afg‘onlararo muzokaralarning birini Samarqandda o‘tkazishga tayyorligini bildirdi


9-sentabr kuni O‘zbekiston—AQSh—Afg‘oniston uch tomonlama hamkorlik mexanizmining Siyosat bo‘yicha quyi qo‘mitasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov, AQSh davlat kotibining Afg‘oniston bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Nensi Jekson, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvays Naab rahbarlik qilgan.

Tadbir davomida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va bu jarayonda O‘zbekistonning o‘rni, tomonlar o‘rtasida siyosiy muloqotni kuchaytirish, inson huquqlari, diniy erkinlik va odam savdosi yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni ko‘lamini oshirish, transport-kommunikatsiya, infratuzilma va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish hamda Afg‘oniston iqtisodiyotini izchil rivojlanishiga ko‘maklashishning muhimligi qayd etilgan

“Tomonlar Afg‘oniston uchun keng qamrovli tinchlik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligini bildirib, u mintaqaviy va global yondashuv asosida tayyorlanishi muhimligi ta’kidladilar. Shu nuqtayi nazardan 2018-yil mart oyida Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasining konseptual ahamiyati yana bir bor e’tirof etildi”, — deyiladi xabarda.

Uchrashuv ishtirokchilari afg‘onlararo muzokaralarning birinchi doirasini Doha shahrida (Qatar) o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni qo‘llab-quvvatlagan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tomoni muzokaralarning keyingi bosqichlaridan birini Samarqand shahrida o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyi oxirlarida O‘zbekiston—AQSh—Afg‘oniston birinchi uch tomonlama majlisi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tgandi. Unda COVID-19 pandemiyasi afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini berish, avvalo, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют