» » Namanganda Cobalt kanalga tushib ketishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi, yo‘lovchi ayol esa omon qoldi

Namanganda Cobalt kanalga tushib ketishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi, yo‘lovchi ayol esa omon qoldi


10-sentabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanida Cobalt rusumli avtomobilning kanalga tushib ketishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Cobalt avtomobili haydovchisi keskin burilishda boshqaruvni yo‘qotib qo‘yishi oqibatida avtomobil bir necha marta ag‘darilgan va “Namangan” kanaliga tushib ketgan.

Avtomobil ag‘darilgan vaqtdagi kuch haydovchini mashinadan uloqtirib yuborgan va u voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, mashina salonida yana bir nafar ayol kishi bo‘lgan. U suv ostida qolgan mashinadan xavfsiz chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, bir necha daqiqadan so‘ng voqea joyiga Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari yetib kelib, tegishli amaliy choralar ko‘rilgan. Jabrlanuvchi kasalxonaga yetkazgan, mashina maxsus texnikalar yordamida kanaldan olib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyining o‘rtalarida Samarqandda kanalga tushib ketgan “Jiguli” olib chiqilgan, biroq uning haydovchisi salondan topilmagan edi. Iyulda esa Toshkentda Lacetti Bo‘rijar kanaliga tushib ketishi oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют